Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Sport

Gʻalabani “oʻgʻirlashdi”: Portugaliya va Serbiya oʻyini katta janjal bilan yakunlandi

© PEDJA MILOSAVLJEVICKrishtianu Ronaldu v matche protiv komandы Serbii
Krishtianu Ronaldu v matche protiv komandы Serbii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
JCH-2022 saralash bahslari doirasida Portugaliya va Serbiya terma jamoalari oʻrtasida kechgan oʻyin mojaro bilan yakun topdi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Futbol boʻyicha 2022 yilgi Jahon Chempionati saralash bahslari doirasida Portugaliya va Serbiya terma jamoalari oʻrtasida kechgan oʻyin mojaro bilan yakun topdi.
Portugaliya Serbiya poytaxti Belgraddagi maydonda mehmon boʻldi. Birinchi boʻlimda Diogu Jota oʻzining dubli bilan Portugaliyani oldinga olib chiqishga muvaffaq boʻldi. Biroq serblar ikkinchi boʻlimda Aleksandar Mitrovich va Filip Kostichning gollari evaziga hisobni tenglashtirishdi.
Uchrashuvga qoʻshib berilgan vaqtda Krishtianu Ronaldu jarima maydonchasi tashqarisidan raqib darvozasiga zarba yoʻlladi. Uning zarbasidan keyin toʻp darvoza chizigʻini kesib oʻtdi va shundan keyin himoyachi uni chiqarib yubordi. Hakamlar darvoza chizigʻidan oʻtgan toʻpni hisoblashmadi. Yon hakam bilan janjallashgan portugallar sardori Ronalduga sariq kartochka koʻrsatildi. Oʻyindan soʻng Ronaldu sardorlik bogʻichini namoyishkorona uloqtirgan holda maydonni tark etdi.
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush bosh hakam bu holatni qayta koʻrib chiqqani va yoʻl qoʻygan xatosi uchun uzr soʻraganini maʼlum qildi. Jahon chempionatining saralash bahslarida VAR qoʻllanilmayotgani unga pand bergan.
“Portugaliya milliy terma jamoasining sardori boʻlish men uchun hayotimdagi eng katta iftixor va imtiyozdir. Men oʻz mamlakatim uchun borimni beraman va bu munosabatim hech qachon oʻzgarmaydi. Lekin murakkab vaziyatlar ham boʻladi. Ayniqsa, butun bir millat zarar koʻrganida chidab boʻlmaydi. Endi boshingizni koʻtaring va hozirdanoq yangi chaqiruvlarga tayyor turing. Olgʻa, Portugaliya!, - dedi yozgan oʻyindan soʻng oʻz instagramida Krishtianu Ronaldu.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala