Jamiyat

Ichki ishlar organlari faoliyati tubdan oʻzgaradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu
Natsionalnaya  gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning oʻzida hal etiladi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning oʻzida hal etiladi.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev 12 fevralya prinyal uchastiye v rasshirennom zasedanii kollegii Ministerstva vnutrennix del Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.02.2021
Jamiyat
Ichki ishlar organlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi
Dastlab mahalla huquq-tartibot maskanlari Toshkent shahrida namunaviy tarzda tashkil etiladi.
Toshkent va Samarqand viloyatlarida 2021 yil 1 iyungacha profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni koʻrib chiqish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi “Smart mahalla” axborot dasturi ishga tushiriladi.
Mazkur axborot dasturi 2021 yil yakunigacha respublikaning boshqa hududlarida ishga tushiriladi.
Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:
Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasini oʻz ichiga oladigan Tezkor-qidiruv departamenti;
Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini oʻz ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti;
Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi,
Xavfsiz turizmni taʼminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini oʻz ichiga oladigan Transport va turizm obʼyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti;
Kadrlar bosh boshqarmasi, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini oʻz ichiga oladigan Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti;
Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar markazi (Bosh prokuraturaning Jinoiy-huquqiy statistika boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tugatildi);
Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi.
Shuningdek, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti etib qayta tashkil etildi.
Hududiy ichki ishlar organlarining tuzilmasida ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha, probatsiya va jazoni ijro etish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi lavozimlari tugatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala