Sport

Moskvadagi Jahon kubogida oʻzbekistonlik sambochilar umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlishdi

© NOK UzbekistanaUzbekskiye sambistы zavoyevali vtoroye mesto v obщekomandnom zachyote na Kubke mira
Uzbekskiye sambistы zavoyevali vtoroye mesto v obщekomandnom zachyote na Kubke mira - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Sambo boʻyicha A.A.Xarlampiyev xotirasiga bagʻishlangan Jahon kubogida oʻzbekistonlik sambochilar 9 ta medalga ega chiqishdi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. 24-26 mart kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo boʻyicha A.A.Xarlampiyev xotirasiga bagʻishlangan Jahon kubogi tashkil etildi. Bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi sambochilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi.
Musobaqa yakuniga koʻra, oʻzbekistonlik sambochilar 9 ta medalga ega chiqishdi. Cportchilar turnir davomida 2 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Jahon kubogida Bahodir Bakiyev va Ixtiyor Eshmurodov oltin medalni Oʻzbekistonga taqdim etdi.
Homidjon Moʻminov, Dilshod Choriyev, Hakimjon Ismoilov, Sabina Davlatova, Husniddin Husanov va Oybek Soliyev kumush medal bilan taqdirlandi.
Sherzodbek Ismoilov esa bronzaga ega chiqdi.
“Quvonarlisi, erkaklar terma jamoamiz musobaqada umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallashdi”, - deyilgan xabarda.
Bu borada birinchi oʻrinni Rossiya, uchinchi oʻrinni esa Qirgʻiziston terma jamoalari band etishdi. Oʻzbekistonlik jangovar sambochilar esa Rossiya va Qozogʻistondan soʻng umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala