O‘zbekiston tashqi qarzi 34 milliard dollarga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Obuna bo‘lish
2021 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 33,8 milliard dollarni tashkil qildi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi qarzi 2020-yil yakunlariga ko‘ra 33,8 milliard dollarni tashkil qildi. Bundan Markaziy bank hisobotida keltirilgan raqamlar dalolat bermoqda.
Mamlakat umumiy tashqi qarzining hajmi 2020-yil boshiga nisbatan 37,4 foizga yoki 9,2 mlrd. dollarga oshgan.
© Markaziy bankO‘zbekiston tashqi qarzi 33 milliard dollardan oshdi
O‘zbekiston tashqi qarzi 33 milliard dollardan oshdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
O‘zbekiston tashqi qarzi 33 milliard dollardan oshdi
Bank hisobotida yangi qarzlarning jalb qilinishi koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun sarflangani aytilgan.
Tashqi qarz davlat va xususiy qarzdan iborat. Birinchisi 21,3 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan yangi tashqi qarz jalb qilinishi va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi hisobiga 5,4 milliard dollarga o‘sgan.
Xususiy qarzdorlik 3,7 milliard dollarga oshib, 12,5 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lum qilinishicha, hisobot davri mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 651,3 million dollar asosiy qarz va 380,2 million dollar foiz to‘langan. Xususiy qarz bo‘yicha esa mos ravishda 2 milliard dollar va 370,8 million dollar qarz qaytarilgan.
Yangiliklar lentasi
0