Turizm

Oʻzbekiston va Tojikiston sayyohlar uchun “yashil yoʻlak” ochmoqchi

© Komitet po razvitiyu Turizma RTPredstaviteli Tadjikskix turkompaniy vstretili turistov v aeroportu
Predstaviteli Tadjikskix turkompaniy vstretili turistov v aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun yashil yoʻlak ochish taklif qilinmoqda.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Dushanbeda Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti direktori Sanjar Tadjiyev Tojikiston turizm sektori vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Tojikiston hukumati huzuridagi Turizmni rivojlantirish qoʻmitasining rahbari Farruxroʻz Izatuloyev va bir qator sayyohlik kompaniyalari mutasaddilari ishtirok etdi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga koʻra, oʻzaro muloqot davomida poytaxtlar oʻrtasida turizm aloqalarini rivojlantirish va bu borada bir necha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashildi.
“Xususan, COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq xatarlarning kamayishini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun yashil yoʻlakni ochish, ikki davlat oʻrtasida qatnovchi avtobuslar uchun chegaradan oʻtishni soddalashtirish masalasidagi takliflar bildirildi”, - deyilgan xabarda.
Stantsiya s vremennыm nazvaniyem Ikinchi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.03.2021
Dunyoda
Tojikiston Oʻzbekistonning yer usti metrosini qurish tajribasiga qiziqmoqda
Uchrashuvda Toshkent Dushanbe shahridagi sayyohlik agentliklari ishtirokida videokonferentsiya oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Dushanbega safar qilib, shahar raisi Rustam Emomali bilan uchrashgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala