O‘zbekistonda ma’naviyat va ma’rifat ishlari kuchaytiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloshad Drujbi narodov
Ploshad Drujbi narodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Obuna bo‘lish
Mamlakatning barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskani tashkil etiladi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Qarorga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg‘or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to‘plash, tayyorlash va tarqatish maqsadida “oyina.uz” elektron portali ishga tushiriladi.
Portal faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuzilmasida Raqamli targ‘ibot bo‘limi tashkil etiladi.
Shuningdek, “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi negizida Markaz huzurida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi.
Qaror bilan “Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallari hamda “Ma’naviyat” nashriyoti Markaz tasarrufiga o‘tkazildi.
Ministr kulturi Uzbekistana Ozodbek Nazarbekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2021
“Shon-shuhrat uchun jinnilik qilishimiz shart emas”: Nazarbekov ayrim ijodkorlarni tanqid qildi
Ma’naviyat” nashriyoti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Ta’lim tashkilotlarida quyidagi tartiblar joriy etiladi:
har bir umumta’lim muassasasida ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021-yil 1-apreldan 0,5 shtat birligi ajratiladi hamda uning ish haqi miqdori umumta’lim muassasasi oliy ma’lumotli o‘qituvchisi uchun o‘rnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilanadi;
davlat oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) lavozimi joriy etiladi. Bunda, OTMda mavjud yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) lavozimi qisqartiriladi.
Barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskani tashkil etiladi.
2021/2022 o‘quv yilidan oliy ta’lim tizimining tegishli ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga bakalavriat bosqichida “Ma’naviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy ma’naviyat” fanlari kiritiladi hamda magistratura ta’lim bosqichida “PR-menejer” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0