Rossiya

Putin nega COVID-19ga qarshi kamera qarshisida emlanmaganini tushuntirdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Rossiya yetakchining soʻzlariga koʻra, birovga koʻr-koʻrona taqdid qilishning hojati umuman yoʻq.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin koʻplab jahon siyosatchilari singari nega koronavirusga qarshi omma oldida va kamera qarshisida emlanmaganini tushuntirdi.
“Biz siz bilan birovga koʻr-koʻrona taqdid qilishimiz kerakmi? Kimdir qayerda qanday qilayotganidek qilishimiz shartmi? Yoʻq boʻlsa kerak”, - dedi Putin “Rossiya 1” telekanali efirida.
Rossiya rahbari emlash hatto kameralar qarshisida oʻtgan taqdirda, shripts ichida aslida har qanday narsa boʻlishi mumkinligini qayd etdi.
“Agar kimdir bunday darajada biror bir narsani soxtalashtirmoqchi, biror kishi aldamoqchi boʻlsa, buni qilish qiyin emasku axir. Bu ukolni koʻrsatish, aslida esa boshqa narsani olishi mumkin, bilmadim, istalgan narsani – kefir, biror bor apelsin sharbati. <...> Hazillashyapman, albatta, shunchaki vitaminlar. Fikrimcha, bu jiddiy emas”, - deya qoʻshimcha qilgan u.
Prezident RF V. Putin vыstupil na sessii onlayn-foruma Davosskaya povestka dnya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Dunyoda
Hech qanday xorijiy vaktsina bu darajada himoya qilish qobiliyatiga ega emas - Putin
Eslatib oʻtamiz, Rossiya yetakchisi 23 mart kuni koronavirusga qarshi emlangan edi. U vaktsinaning birinchi dozasini olgan, ikkinchisi uch haftadan soʻng kiritiladi.
Putin aynan qaysi vaktsina bilan emlangani maʼlum qilinmagan. Rossiya esa oʻzining bir emas uchta vaktsinasi ega. Putin “Sputnik V”, yoki “EpiVakKorona”, yoki “KoviVak” bilan emlangan. U Rossiyaning har uchala vaktsinasi samarali, ishonchli va xavfsizligini taʼkidlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala