Jamiyat

Samarqandda sher bolasi topib olindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishLvenok, illyustrativnoye foto
Lvenok, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashinada sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand yoʻllarida sher bolasi topib olingani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Taʼkidlanishicha, sher bolasi topib olinganmagan, balki ushlab qolingan.
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va viloyat Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida oʻtkazilayotgan reyd davomida Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashina tekshirilgan. Unda sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.
Haydovchi mutasaddilarning sher bolasining qayerdan, nima uchun olib ketilayotganligi haqidagi savollariga aniq javob bermagan. Keyin “hujjatlarni olib kelaman” deb sher bolasini tashlab qochib ketgan.
Tez orada haydovchi qoʻlga olingan va ayni paytda dastlabki surishtiruvlar olib borilmoqda.
Sher bolasi esa Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasida oʻrnatilgan tartibda vaqtincha saqlanmoqda.
Boshqara qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim qilishini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala