Samarqandda sher bolasi topib olindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishLvenok, illyustrativnoe foto
Lvenok, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Obuna bo‘lish
Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashinada sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand yo‘llarida sher bolasi topib olingani aks etgan video tarqaldi. Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, sher bolasi topib olinganmagan, balki ushlab qolingan.
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va viloyat Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan reyd davomida Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashina tekshirilgan. Unda sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan.
Haydovchi mutasaddilarning sher bolasining qayerdan, nima uchun olib ketilayotganligi haqidagi savollariga aniq javob bermagan. Keyin “hujjatlarni olib kelaman” deb sher bolasini tashlab qochib ketgan.
Tez orada haydovchi qo‘lga olingan va ayni paytda dastlabki surishtiruvlar olib borilmoqda.
Sher bolasi esa Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasida o‘rnatilgan tartibda vaqtincha saqlanmoqda.
Boshqara qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim qilishini bildirgan.
Yangiliklar lentasi
0