Jamiyat

“Sen oʻgʻil farzand tugʻmaysan”: navoiylik ayolning fojiali oʻlimi tafsilotlari ochiqlandi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Fotobankka oʻtishUchastok jeleznodorojnogo puti, arxivnoye foto
Uchastok jeleznodorojnogo puti, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Oʻz joniga qasd qilgan ayolning turmush oʻrtogʻi unga “Sen oʻgʻil farzand tugʻmaysan” deb taʼna qilgan.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Sovungar” mahallasida yashovchi ayol oʻzi va farzandlarining joniga suiqasd qilgani bilan bogʻliq holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻldi. Ona hodisa tufayli halok boʻlgan, uning uch qizi esa omon qolgan.
Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Qodirxonova Navoiy viloyati hokimligiga xat bilan chiqqan va hodisa sabablarini oʻrgangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Z.J.ning oilaviy sharoiti moddiy jihatdan oʻrtahol va ruhiy jihatdan sogʻlom boʻlgan.
“Soʻnggi vaqtlarda u bilan turmush oʻrtogʻi O.R. “Sen oʻgʻil farzand tugʻmaysan” deb janjallashib turganligi sababli, uning ruhiyatida oʻzgarishlar boʻlgan”, - deyilgan Senat xabarida.
Lekin ayol qolgan oila aʼzolari yoki boshqa shaxslar bilan kelishmovchilikka bormagan.
Joriy yilning yanvar oyida ayol yana qiz farzandga homilador ekanini bilgan. Natijada ayol oʻz xohishi bilan homilasini oldirib tashlagan.
Bundan tashqari, u oilasidagi kelishmovchilik yuzasidan biror marotaba MFY xodimlariga yoki tuman IIB profilaktika inspektoriga murojaat qilmagan.
Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2020
Hodisalar
Suv omboridagi qotillik: Namanganda ayol ikki farzandini oʻldirib, soʻng oʻz joniga qasd qildi
Ayni vaqtda Navoiy transport prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan nazoratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala