Dunyoda

Tojikistonda xavfli poliomiyelit avj olishi sabablari ochiqlandi

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishVaktsinatsiya detey ot poliomiyelita
Vaktsinatsiya detey ot poliomiyelita  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Tojikiston SSV mamlakatda poliomiyelit avj olish sabablarini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Tojikiston sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining sanitariya-epidemiologik xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Navroʻz Jafarov mamlakatda poliomiyelit avj olish sabablarini sanab oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, kasallik avj olishi oʻz vaqtida oʻtkazilmagan emlash ishlari yoki uning yoʻqligi sabab boʻlgan. Jafarov virus koʻproq emlanmagan bolalarda uchrayotganini qayd etgan.
“Oʻz vaqtida emlanmagan bolalar poliomiyelit nishoni va mamlakat boʻylab xavfli kasallik tashuvchilari boʻlishdi”, - degan Jafarov.
SSV vakili bugungi kunda Tojikistonda shunga oʻxshash yuqumli kasalliklar avj olishiga qarshi kurashish strategiyasi borligini aytgan.
Pogranichnыy punkt, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda poliomiyelit nazorati va profilaktikasi kuchaytirildi – SEO xizmati
Mamlakatda poliomiyelitni bartafaf etishga qaratilgan zaruriy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Vaziyatni mahalliy poliklinikalarda shifokorlar nazorat qilmoqda va ular bemorlarni uyda monitoring qilmoqda.
Tojikistonda epidemiya munosabati zudlik bilan bilan bolalarni poliomiyelitga qarshi qoʻshimcha emlash ishlari boshlangan. Hozirda 500 mingdan ziyod bolalar yuqumli kasallikka qarshi emlangan.
Eslatib oʻtamiz, JSST Tojikistonda oʻtkir yuqumli poliomiyelit kasalligi tarqalayotgani haqida bayonot bergan edi. 18 mart holatiga koʻra, u yerda asab sistemasini falaj qiladigan xastalikni yuzaga keltiruvchi polivirus (sPVVP2) bilan 4 nafar bola zararlangani aniqlangan. Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati poliomiyet nazorati va uning oldini olish kuchaytirilganini maʼlum qildi.
Respublikada 1994 yildan poliomiyelitga qarshi ommaviy emlash kunlari va 8 ta chegaradosh viloyatlarda tozalash usulida poliomiyelitga qarshi emlash kunlari oʻtkazib kelinadi.
Immunizatsiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida 1996 yildan buyon Oʻzbekistonda yovvoyi polioviruslar keltirib chiqaradigan poliomiyelit kasalligi tugatilgan va Oʻzbekiston 2002 yilda “Poliomiyelitdan holi boʻlgan hudud” deya tan olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala