Jamiyat

“Uzbekistan Airways” yuksiz va qaytarilmaydigan tariflarni joriy etdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishChemodanы v aeroportu Sheremetyevo
Chemodanы v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Kompaniya yangi tariflar hamma uchun qulay narxda sayohat qilish va optimal uchish shartlarini tanlash imkonini berishini qayd etgan.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 28 martdan yuksiz va qaytarilmaydigan tarif turlarini joriy etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, yangi tariflar hamma uchun qulay narxda sayohat qilish va optimal uchish shartlarini tanlash imkonini beradi.
Yuksiz/qaytarilmaydigan tariflar uchun quyidagi qoidalar amal qiladi:
1. Olib oʻtiladigan bagaj meʼyori – 0 ta (0PS)
2. Qoʻl yuki meʼyori – 1 ta 8 kg gacha (1PS)
3. Qaytarish holatida:
- reys uchib ketishidan oldin tashuvning foydalanilmagan uchaskalaridagi yoqilgʻi yigʻimi va eʼlon qilingan aeroport yigʻimlari qaytarilishi lozim,
- reys uchib ketganidan keyin tashuvning foydalanilmagan uchastkalarida faqatgina eʼlon qilingan aeroport yigʻimlari qaytarilishi lozim;
4. Qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish holatida:
- reys uchib ketishidan oldin qayta bronlash/ qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yigʻim undiriladi,
- reys uchib ketganidan keyin qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi;
5. Qaytarilmaydigan/ yuksiz tariflar qaytarish va olib oʻtiladigan bepul yuk meʼyori shartini koʻzda tutgan tariflar bilan kombinatsiya qilinmaydi;
6. Bronlash klassini qaytarilmaydigan/yuksiz klassidan qaytariladigan/yuklisiga koʻtarish taqiqlanadi.
Kompaniya, shuningdek, Oʻzbekistondan Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yoʻnalishlaridan tashqari barcha yoʻnalishlarda yuklar soniga koʻra tartibi boʻyicha olib oʻtiladigan yuk meʼyorlarini kiritmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala