“Uzbekistan Airways” yuksiz va qaytarilmaydigan tariflarni joriy etdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishChemodani v aeroportu Sheremetyevo
Chemodani v aeroportu Sheremetyevo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Obuna bo‘lish
Kompaniya yangi tariflar hamma uchun qulay narxda sayohat qilish va optimal uchish shartlarini tanlash imkonini berishini qayd etgan.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 28-martdan yuksiz va qaytarilmaydigan tarif turlarini joriy etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, yangi tariflar hamma uchun qulay narxda sayohat qilish va optimal uchish shartlarini tanlash imkonini beradi.
Yuksiz/qaytarilmaydigan tariflar uchun quyidagi qoidalar amal qiladi:
1. Olib o‘tiladigan bagaj meyori – 0 ta (0PS)
2. Qo‘l yuki meyori – 1 ta 8 kg gacha (1PS)
3. Qaytarish holatida:
- reys uchib ketishidan oldin tashuvning foydalanilmagan uchaskalaridagi yoqilg‘i yig‘imi va e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytarilishi lozim,
- reys uchib ketganidan keyin tashuvning foydalanilmagan uchastkalarida faqatgina e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytarilishi lozim;
4. Qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish holatida:
- reys uchib ketishidan oldin qayta bronlash/ qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yig‘im undiriladi,
- reys uchib ketganidan keyin qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi;
5. Qaytarilmaydigan/ yuksiz tariflar qaytarish va olib o‘tiladigan bepul yuk meyori shartini ko‘zda tutgan tariflar bilan kombinatsiya qilinmaydi;
6. Bronlash klassini qaytarilmaydigan/yuksiz klassidan qaytariladigan/yuklisiga ko‘tarish taqiqlanadi.
Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistondan Istanbul/Dubay/Sharja va orqaga qaytish yo‘nalishlaridan tashqari barcha yo‘nalishlarda yuklar soniga ko‘ra tartibi bo‘yicha olib o‘tiladigan yuk meyorlarini kiritmoqda.
Yangiliklar lentasi
0