Jamiyat

Xalq taʼlimi vaziri ota-onalarga murojaat qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSherzod Shermatov
Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Vazir ota-onalar farzandini anʼanaviy yoki uydan masofaviy taʼlim olishi boʻyicha oʻzlari qaror qabul qilishlari mumkinligini qayd etgan.
TOSHKENT, 28 mar — Sputnik. Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy oʻquv yilida gibrid taʼlim tizimi joriy etilganini eslatdi.
Yaʼni farzandini maktabga yuborib anʼanaviy taʼlim olishi yoki uydan bepul televizion “Onlayn maktab” kanallari orqali masofaviy taʼlim olishi boʻyicha qarorni ota-onalarning oʻzi qabul qiladi.
Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Sherzod Shermatov
Xalq taʼlimi vaziri
Shermatov epidemiologik holat ogʻirlashgan hududlarda, mahalliy hokimlik organlariga karantin talablarini kuchaytirish choralarini koʻrish vakolati berilganini taʼkidlagan.
Shuni inobatga olib, hududiy hokimliklar baʼzi tumanlardagi maktablarni toʻliq masofaviy taʼlim shakliga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilishi mumkin. Oʻz navbatida, maktablarning maʼmuriyatiga sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etish boʻyicha topshiriq berilgan.
Probirka s krovyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2021
Jamiyat
Toshkentda COVID-19 keng tarqalishi sabablari sanab oʻtildi
“Pandemiya nafaqat dunyo iqtisodiyoti va taʼlim tizimiga, balki insonlarning asabiga ham salbiy taʼsir koʻrsatayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Shunday ekan, qadrli ota-onalar, joylarda maktab jamoasi bilan oʻzaro hurmatni saqlagan holda, faqat birgalikda ushbu vaziyatdan chiqib ketishimiz mumkinligini tushunishingizni soʻraymiz”, - deya xulosa qilgan u.
Eslatib oʻtamiz, 29 mart kunidan maktablarda 4-chorak darslari boshlanadi. Bir necha kundan buyon mamlakatda koronavirus bilan kasallananish holatlari koʻpayayotgani kuzatilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekovning soʻzlariga koʻra, soʻnggi paytda kasallanayotganlarning 20 foizdan ziyodini bolalar tashkil etmoqda. Shuningdek, u bolalarda aniqlanayotgan kasallikda britancha shtammning ishtiroki borligini inkor qilmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala