Kolumnistlar

AQSH yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti

© REUTERS / POOL / Frederic J. BrownPeregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021
Peregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Vashingtondagi yangi maʼmuriyat tahsinga sazovor: bunga oʻxshash tadbirni oʻtkazsh gʻoyasi oʻta oqilona, zero ikki emas, balki bus-butun oʻnlarcha quyonlarni urish moʻljallangan.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. AQSH prezidenti deyarli bir vaqtning oʻzida Xitoyga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etib, Vladimir Putin va Si Tszinpinni 22-23 aprelda rejalashtirilgan global iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan onlayn sammitda ishtirok etishga taklif qilmoqda. Qirqdan ziyod dunyo yetakchilari taklif etilgan konferentsiya jonli efirga uzatiladi.
Vashingtondagi yangi maʼmuriyat tahsinga sazovor: bunga oʻxshash tadbirni oʻtkazsh gʻoyasi oʻta oqilona, zero ikki emas, balki bus-butun oʻnlarcha quyonlarni urish moʻljallangan.
Iqlim mavzusiga eʼtibor qaratish demokratlarga barcha imkoni bor usullar bilan ekologiya muammolariga beparvo boʻlgan oldingi prezident siyosatidan voz kechishni koʻrsatishga imkon beradi. Tramp chiqargan AQShning Iqlimga oid Parij bitimiga qaytishidan soʻng Jo Baydenning sammit chogʻida Qoʻshma Shtatlar olgʻa yurishga va bu masalada yana dunyo yetakchisi rolini oʻziga olishga tayyorligini namoyish etish imkoniyati boʻladi.
Shu bilan birga iqlim muammosi mavzusi uning yordamida amerikaliklar va yevropaliklar oʻz raqiblari rivojini ham iqtisodiy, ham geosiyosiy jihatdan tutib turishga urinayotgan sirtmoq boʻlib boʻlgan. Qolaversa, Gʻarb oʻz ustuvorligi yoʻqotayotgan zamonaviy dunyoda ekologiya mavzusi hozircha u ushlab turgan monopoliyalardan biri boʻlib qolmqda, natijada, undan maksimal darajada foydalanishga intilmoqda. Masalan, 2023 yilda YEI parnik gazlariga importiga uglerod soligʻini joriy etadi. Ularga neft, gaz, metall, oʻgʻit, tsement ham doxil boʻladi. Umuman olganda Rossiya eksportining kattagina qismi va bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar uuchun jiddiy chaqiriq boʻladi.
Rossiya, Kaliningrad, TETS-2. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2015
Dunyoda
Parijda iqlim boʻyicha yangi shartnoma tuzildi
Ammo boʻlishi kutilayotgan sammitning global uzoq muddatli jihatidan tashqari Oq uy oʻziga maksimum foyda olishga intilayotgan tezkor jihatlari ham bor.
Rossiya va Xitoy yetakchilariga sammitga taklifnoma nafaqat ikki mamlakatning Gʻarb bilan munosabatlari koʻp oʻn yillik mobaynidagi eng soʻnggi nuqtaga kelib qolgan bir paytga kelib tushdi.
Davlatlar oʻrtasida ayrim masaladar yuzasidan kuchli nizo va boshqalari yuzasidan samarali hamkorlik mavjudligining ajablanarli yeri yoʻq. Aksincha, bu normal holat. Biroq hozir roʻy berayotganlar yuz yillar davomida shakllangan anʼanalardan juda chetga chiqib ketadi. Rossiya tashqi ishlar vaziri soʻngi voqealarga munosabat bildirayotib dediki, Gʻarbda shunchaki “bir-birini tinglash mahorati, bir-birini eshitish va qiziqish muvozanatini topish mahoratidan iborat klassik diplomatiyadan foydalanishni unutib qoʻyishdi”.
Agar Jo Baydenning intervyu vaqtida Rossiya prezidenti haqidagi gʻalati bayonotlarini Amerika prezidenining shaxsiy xususiyatlari bilan tushuntirish mumkin boʻlsa, AQSH davlat kotibining Ankoridjdagi ikki tomonlama uchrashuvda Xitoyga nisbatan ochiqchasiga qoʻpolligi va protokolni buzishini Vashingtonning anglab qilayotgan siyosatidan boshqa narsa emas deb baholash mumkin emas.
XXR uchun vaziyat boz ustiga yoqimsiz, zero Oq uyga yangi prezident kelishi bilan Xitoyga qarshi sanktsiyalarga barham berilishiga yoki hech boʻlmaganda yengillik boʻlishiga umid paydo boʻlgandi. Jo Baydenning oʻzi ham Pekin bilan munosabatlarda Trampning janjalkashlik yoʻlidan voz kechishini maʼlum qilgandi.
Predsedatel KNR Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Dunyoda
Si Tszinpin Xitoy va AQSH qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi
Biroq vaziyat hozircha faqat yomonlashdi. Boz ustiga Tramp asosan iqtisodiy jihatdan, xususan, Xitoy tovarlariga yuoj kiritgan boʻlsa, demokratlar esa yana atrofdagilarga demokratiya, inson huquqlari va ekologik javobgarlikdar dars beryapti.
Xitoyga ayblovlarning yang toʻlqini yogʻildi, bunda asosiy zarba uygʻurlar masalasiga beriladi. Pekin qarzdor boʻlib qolmaydi, natijada yangi oʻzaro sanktsiyalar gʻalvasi boshlanadi. AQSH odatdagi kabi Xitoyning javob choralarini asosiz deb atadi. Buning ustiga ogʻir oqibatlar qora roʻyxatga tushgan hatto mansabdor shaxslarga emas, balki Xitoyga qarshi xatti-harakatlarni qoʻllab-quvvatlagan brendlarga tahdid solmoqda. H&M, Nike va Adidas ulkan bozorni yoʻqotish arafasida.
Tashkillashtirilayotgan iqlim sammati bu yerda Vashingtonga qoʻl keladi. AQSH maʼmuriyati Rossiya va Xitoy hukumatlarini tadbirga taklif etish bilan barcha munosabatlar yutqazish holatiga qoʻyishga urinmoqda.
Agar Putin va Si konferentsiyadan bosh tortsa, ularni masʼulyatsizlik, insoniyat manfaatlari va oʻz mamlakatlariga beparvolikda va qoʻrqoqlikda ayblash mumkin boʻladi: qarang, ular tadbir AQSH tomonidan tashkil etilganligina sabab unda ishtirok etishmadi.
Agarda Rossiya va Xitoy yetakchilari sammitda ishtirok etsa, shubhasiz, amerikaliklar oʻz ustunliklarini namoyish etish va hatto Moskva va Pekin uchun haqoratomuz vaziyatlar keltirib chiqarish uchun qoʻlgan kelgan ishni qilishadi. Alyaskadagi janjalli muzokaralardan soʻng Shtatlar tomonidan diplomatik protokollarga rioya qilinishiga umid qilmaslikka toʻgʻri keladi, jonli efirdagi onlayn format esa Vashingtonga, tashkilotchi sifatida, razil xatti-harakatlar qilishi uchun bir talay imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ustiga ustak AQSH oʻzining ayyorona rejasida bitta juda muhim jihatni eʼtibordan chetda qoldirdi. Gʻarb oʻzining soʻnggi xatti-harakatlari bilan Rossiya-Xitoy ittifoqi mustahkamlanishiga erishdi. Sergey Lavrovning Xitoyga yaqindagi buyurgan tashrifi buni yaqqol namoyon qildi.
Shundan ekan Rossiya va Xitoy Vashingtonning har qanday qopqonlari va fitnalariga birgalikla qarshi turadi. Bu amerikaliklarning oʻzi uchun yoqimsiz syurprizlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Devushka za noutbukom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Analitika
AQSH Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala