Migratsiya

Fuqarolarni ishlash uchun Germaniya va Niderlandiyaga yuborish masalasi muhokama qilindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishZarubejnыe stranы. Germaniya. Berlin
Zarubejnыe stranы. Germaniya. Berlin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Germaniya va Niderlandiyada joylashgan korxonalariga Oʻzbekiston fuqarolarini qurilish sohasi boʻyicha ishga yollash masalasi koʻrib chiqilmoqda.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Germaniyaning “Lumidea Engineering” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Unda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.Muhitdinov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining birinchi oʻrinbosari X.Umarov, “Lumidea Engineering” kompaniyasi rahbari Eshref Ozshaxin va mazkur kompaniyaning Oʻzbekistondagi vakili Kurban Beregin va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Flag Vengrii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Siyosat
Vengriya bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi: muzokaralardan kutilayotgan natijalar
Uchrashuvda Germaniya va Niderlandiya bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari, Oʻzbekiston fuqarolarini ushbu davlatlarga ishga jalb qilish tartibi, “Lumidea Engineering” kompaniyasida yaratilgan shart-sharoitlar muhokama qilindi.
Eshref Ozshaxin “Lumidea Engineering” kompaniyasining Germaniya va Niderlandiyada joylashgan korxonalariga 100 nafargacha Oʻzbekiston fuqarolarini qurilish sohasi boʻyicha ishga yollash koʻrib chiqilayotganini taʼkidladi.
Qurilish sohasida ishga yollangan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻrtacha oylik maoshi, ishga ketish uchun aviachiptalar, mehnat shartnomasi tuzish, uy-joy va sogʻliqni saqlash sugʻurtasi bilan taʼminlanishi haqida maʼlumot berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala