Jamiyat

Hafta davomida salqin ob-havo kuzatiladi

© SputnikV Tashkent prishla vesna
V Tashkent prishla vesna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Mart oyining soʻnggi kunlarida va aprel oyining birinchi kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. 30 martdan respublikaning chekka shimoliy hududlariga Qozogʻiston hududidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massalari kira boshlaydi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar qilmoqda.
30-31 mart va 1 aprel kunlari Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysida baʼzi joylarda nisbatan beqaror ob-havo kutilmoqda. Qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Faqat 31 mart kuni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kuchsiz yomgʻir yogʻishi mumkin.
2 aprel kuni kam bulutli va quruq ob-havo butun respublika hududini egallaydi.
Mart oyining soʻnggi kunlarida va aprel oyining birinchi kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi. 30-31 mart va 1 aprel kuni kunduzi havo harorati biroz salqin boʻlib, 7-10 daraja iliq atrofida boʻladi.
2 aprelda iliq havo massalari kirib keladi va kunduzi harorat 14-17 daraja iliqgacha koʻtariladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala