Siyosat

Kamilov Dushanbedagi konferentsiyada ishtirok etadi

© MID UzbekistanaMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
TIV rahbari “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining toʻqqizinchi vazirlar konferentsiyasida ishtirok etadi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kamilov u yerda “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining toʻqqizinchi vazirlar konferentsiyasida ishtirok etadi.
Forumda Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga yordam berish maqsadida xavfsizlikni taʼminlash hamda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro ishonchni mustahkamlash choralarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala