Migrantlarga soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotgan guruh qo‘lga olindi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishFSB Rossii
FSB Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Obuna bo‘lish
Migrantlarga soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotayotgan guruh qo‘lga olindi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Novosibirsk viloyatida mehnat migrantlariga Rossiya hududiga kirish uchun soxta COVID-19 ma’lumotnomalarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi FXX matbuot xizmati.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan guruhni qo‘lga olish davomida mingdan ortiq PSR-ma’lumotnomasi blanklari, to‘rt yuzdan ortiq to‘ldirilgan chaqiruv-ma’lumotnomalari, 3 million rubldan ortiq miqdordagi chet el valyutasi, shuningdek, migrant-mijozlar bazasi daliliy ashyo sifatida musodara qilindi.
Ayni vaqtda Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston va Ozarbayjondan kelgan migrantlar Rossiyaga kirishi mumkin, ular koronavirus uchun salbiy PSR-testini taqdim etishlari kerak.
Umuman olganda, pandemiya boshlanishi bilan migrantlar soni sezilarli darajada kamaydi. 2020-yil oxirida ularning soni 6 million bo‘lib, oldingi davrlarda 9-10 milliongacha bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0