Moskvadagi Tojikiston elchixonasiga tajovuz uyushtirildi

© Sputnik Stas EtveshFlagi Tadjikistana, arxivnoe foto
Flagi Tadjikistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Obuna bo‘lish
Pichoq bilan qurollangan erkak Tojikiston elchixonasiga kirib mojaro uyushtirdi. Hozir u qo‘lga olingan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Moskvadagi Tojikiston elchixonasida mojaro sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Ma’lum bo‘lishicha, pichoq bilan qurollangan noma’lum erkak elchixona xodimiga hujum qilgan. Uni elchixona xavfsizlik xizmati zararsizlantirgan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, hujum qilgan kishi ekstremistik tashkilot vakili bo‘lishi mumkin, qo‘lga olish vaqti u radikal shiorlarni aytib baqirgan.
Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan. Elchixona voqeadan xabardor, lekin hozircha unga hech qanday izoh bera olmaydi.
Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0