Hodisalar

Navoiyda aka-uka “oʻqrayib” qaragan haydovchini bir necha marta pichoqladi

CC0 / Unsplash / Harrison Kugler / Noj v ruke. Illyustrativnoye foto
Noj v ruke. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Oʻqrayib qarading deb “Malibu” haydovchisini pichoqlagan aka-ukalar sud oldida javob beradi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Navoiy viloyatida fuqaroga pichoqcha bilan jarohat yetkazgan aka-ukalar ustidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Hodisa 25 mart kuni tungi soat 02:30larda Navoiy shahar I.Karimov koʻchasida joylashgan “Amfiteatr” majmuasi qarshisida roʻy bergan. 30 yoshli Jaloliddin N. va 27 yoshli Jamoliddin N. “Nexia-Ravon”da harakatlanib ketayotganlarida ular bilan yonma-yon harakatlanayotgan “Malibu” haydovchisi 28 yoshli Umid X.ga “nega oʻqrayib qaraysan” deb chekkaga toʻxtashgan.
Rabota vnevedomstvennoy oxranы moskovskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.03.2021
Jamiyat
Toshkent viloyatida er-xotinga oʻroq bilan hujum qilishdi
Keyin hech bir sababsiz oʻzaro janjallashishgan. Natijada Umid X.ning oʻng oyoq son sohasiga pichoqcha bilan bir necha marotaba urib jarohat yetkazganlar.
Aka-ukalarga nisbatan Oʻzbekiston JKning 277-moddasi 2-qismi “a, b, v” bandi (Bezorilik, yaʼni bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol bilan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala