Dunyoda

Emomali Rahmon Afgʻonistonga otlanmoqda

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Emomali Rahmon birinchi qulay imkoniyat paydo boʻlishi bilanoq Afgʻonistonga rasmiy tashirif bilan boradi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ashraf Gʻani taklifiga binoan Afgʻonistonga tashrif buyurmoqchi.
"Hurmatli ogʻa, men sizning taklifingizni minnatdorlik bilan qabul qilaman va Afgʻonistonning qadimiy yeriga birinchi qulay imkoniyat paydo boʻlishi bilanoq rasmiy tashrif bilan kelaman" , - dedi Rahmon.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Dushanbeda tojik-afgʻon muzokaralari boʻlib oʻtgan edi va ular davomida Gʻani Emomali Rahmonni Afgʻonistonga rasmiy tashrif buyurishga taklif qilgan edi.
Ayni damda tashrif tafsilotlar tegishli diplomatik xizmatlar tomonidan tayyorlanmoqda, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala