Rossiya Soliq xizmati bozordagi sotuvchilar ortidan nazoratni kuchaytirishni taklif qildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRabota kassirov-kontrolerov v podmoskovnix elektrichkax
Rabota kassirov-kontrolerov v podmoskovnix elektrichkax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Obuna bo‘lish
Yaqin kelajakda Rossiya bozorlarida barcha sotuvchilar kassa apparati orqali savdo qilishga majbur qilinishi mumkin.
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Rossiyaning Federal soliq xizmati va Molif vazirligi sakana savdo bozorlarida kassa-nazorat apparatlaridan foydalanish qoidalarini qattiqqo‘llashtirishni taklif qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga ko‘ra FSX Moliya vazirligiga "Kassa-nazorat texnikasi to‘g‘risidagi" hamda "Chakana savdo bozorlari to‘g‘risidagi" qonunga o‘zgartirish kiritish haqida maktub yo‘llagan.
Unda aytilishiga ko‘ra, bozorlarda kassa-nazorat apparatisiz savdo qilish mumkin bo‘lgan holatlarni cheklash nazarda tutilgan. Xususan, bozordagi joylarni ijaraga berishdan oldin sotuvchida kassa-nazorat apparati bor-yo‘qligini tekshirish majburiyati kiritilishi mumkin.
Shuningdek faoliyat davomida ham savdo qilayotgan tadbirkorlarda kassa-nazorat apparati borligi doimiy ravishda tekshirib turiladi. kassa apparatining ruxsat muddati tugagan tadbirkorlarga bozorda savdo qilishga ruxsat berilmaydi, - deyilgan xabarda.
Soliq xizmati izohiga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar amaldagi qonunchilikni haqiqatda ishlashi uchun kiritilmoqda. Ayni damda bozorlarda kassa apparatlaridan foydalanish chegaralari aniq belgilanmagan. Ayrim tadbirkorlar bundan foydalanib o‘z faoliyatini soliqdan yashirmoqda yoki imtiyozli soliq to‘lovchi toifasiga o‘tib olishga harakat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0