Hodisalar

Samarqandda is gazi toʻrt kishining umriga zomin boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
5 nafar fuqaro xonadonda oʻrnatilgan isitish pechi (golland pechi)dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlangan.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Samarqand shahrida toʻrt kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Samarqand viloyati prokuraturasi maʼlumotlariga koʻra, hodisa 28 mart kuni soat taxminan 11:00 larda roʻy bergan. Samarqand shahri M.Shayxzoda MFYda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqaro xonadonda oʻrnatilgan isitish pechi (golland pechi)dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlangan.
Ruka cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.03.2021
Hodisalar
Qoraqalpogʻistonda besh kishi is gazidan zaharlanib oʻldi
Natijada 4 nafar fuqaro vafot etgan, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan shahardagi kasalxonaga yotqizilgan.
Samarqand shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala