Madaniyat

Sherali Joʻrayevning qoʻshigʻini ruxsatsiz kuylagan Sanjay jarimaga tortildi

© InstagramReper San Jay posvyatil pesnyu Alisheru Usmanovu - video
Reper San Jay posvyatil pesnyu Alisheru Usmanovu - video - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Sanjay taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan xonanda Sanjar Javberdiyev maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayevning qoʻshiqlari matnini huquq egalarining ruxsatisiz oʻzgartirgan holda ijro etgan Sanjay taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan Sanjar Javberdiyev maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar qildi.
Murojaat asosida Sanjar Javberdiyev tomonidan sheʼr muallifi Usmon Azimov hamda Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev ijrosidagi “Karvon” nomli qoʻshigʻini va sheʼrini asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etilgan holatlarni aniqlagan.
Shu sababli Sanjayga nisbatan Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish uchun tegishli sudga kiritilgan.
Pevets Nasafiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.01.2021
Jamiyat
Nasafiy jarimaga tortildi
9 mart kuni sud xonanda Sanjar Javberdiyev (Sanjay)ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177-(1)-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (735 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlagan.
Maʼlumot oʻrnida: Oʻzbekiston qonunchiligida cover ijro tushunchasi kiritilmagan. Xorijiy davlatlarda cover ijro mavjud. Bu boʻyicha taraflar shartnoma asosida faoliyat yuritishadi. Yaʼni oʻzganing asarini cover sifatida ijro qilmoqchi boʻlgan ijrochi muallifdan ruxsat soʻragan holda shartnoma tuzishi hamda shartnoma boʻyicha huquq egasiga mualliflik haqini toʻlashi lozim.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sherali Joʻrayevning “Qora koʻzli sanamjon” qoʻshigʻini muallif roziligisiz kuylagan Nasafiy taxallusi ostida ijod qilayotgan havaskor xonanda Akmalov Aziziddin ham jarimaga tortilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader