Rossiya

Rossiyada “Sputnik Layt” vaktsinasi roʻyxatdan oʻtkazildi

© Rossiyskiy fond pryamыx investitsiy (RFPI) / Fotobankka oʻtishKlinicheskiye ispыtaniya vaktsinы "Sputnik Layt"
Klinicheskiye ispыtaniya vaktsinы Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sputnik Layt” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazdi
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sputnik Layt” vaktsinasini roʻyxatdan oʻtkazdi.
"Sputnik Layt" - Gamaleya markazi tomonidan Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri infestitsiyalar fondi bilan hamkorlikda yaratilgan. Yaxshi oʻrganilgan inson adenovirusli vektorlari platformasida yaratilgan "Sputnik" vaktsinalari lineykasiga kiradi.
Asosiy afzallik - samaradorlik va uzoq muddatli salbiy oqibatlarning yoʻqligi. Odam adenovirusiga asoslangan preparatlar 50 yildan ortiq vaqt davomida keng qoʻllanilib kelinmoqda.
Aleksandr Gintsburgning qayd etishicha, davlatlarda "Sputnik Layt"dan foydalanish kasallanish pik darajasini tushirishga va mahalliy sogʻliqni saqlash idoralariga tushadigan yukni yengillatishga imkon yaratadi.
Koronavirus infektsiyasidan forigʻ boʻlgan kishilarni, ularning immunitetini koʻtarish maqsadida “Sputnik Layt” vaktsinasi bilan emlash mumkin.
"Sputnik Layt" bilan emlanganidan keyin immunitet uch-toʻrt oy davomida saqlanib qoladi va uning samaradorligi taxminan 85% ni tashkil qiladi. "Sputnik Layt" vaktsinasi aslida aholini tezkor emlash uchun yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala