Siyosat

Tez-tez uchrashamiz: Mirziyoyevning matbuot kotibi OAV bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun birinchi brifingini oʻtkazdi.
TOSHKENT, 29 mar - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbarining yangi oʻrinbosari, prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari bilan yangicha formatda hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda.
Asadov bugun jurnalistlar uchun birinchi brifingini oʻtkazdi.
Brifingda Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadigan boʻlajak xalqaro tadbirlar — Vengriya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi va Turkiy kengashning norasmiy sammiti haqida maʼlumot berildi.
Flag Vengrii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Siyosat
Vengriya bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi: muzokaralardan kutilayotgan natijalar
Asadov oʻz chiqishi davomida jurnalistlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tarafdori ekanligini maʼlum qildi.
"Tez-tez uchrashamiz. Uchrashuvlarimiz video-anjumanlar shaklida ham boʻladi. Sizlar bilan sermahsul hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan umidvorman", - deya qayd etdi prezident matbuot kotibi.
Sherzod Asadov 24 mart kuni prezident Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlangan edi.
Bunga qadar Sherzod Asadov tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Oldinroq u mamlakatning Avstriyadagi elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakil boʻlib ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala