Tez-tez uchrashamiz: Mirziyoyevning matbuot kotibi OAV bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun birinchi brifingini o‘tkazdi.
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbarining yangi o‘rinbosari, prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari bilan yangicha formatda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.
Asadov bugun jurnalistlar uchun birinchi brifingini o‘tkazdi.
Brifingda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadigan bo‘lajak xalqaro tadbirlar — Vengriya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi va Turkiy kengashning norasmiy sammiti haqida ma’lumot berildi.
Flag Vengrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Vengriya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi: muzokaralardan kutilayotgan natijalar
Asadov o‘z chiqishi davomida jurnalistlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.
"Tez-tez uchrashamiz. Uchrashuvlarimiz video-anjumanlar shaklida ham bo‘ladi. Sizlar bilan sermahsul hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan umidvorman", - deya qayd etdi prezident matbuot kotibi.
Sherzod Asadov 24-mart kuni prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlangan edi.
Bunga qadar Sherzod Asadov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Oldinroq u mamlakatning Avstriyadagi elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakil bo‘lib ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0