Hodisalar

Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning oʻlimiga nima sabab boʻlgani ochiqlandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovRuka cheloveka
Ruka cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Bosh prokuratura Toshkentda ijarada yashagan besh talabaning oʻlimiga is gazi sabab boʻlganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi uyda ijarada yashagan besh nafar talabaning oʻlimiga is gazi sabab boʻlgan.
“Daryo” nashrining Bosh prokuratura matbuot xizmati taqdim etgan maʼlumotlarga tayanib yozishicha, voqea joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlari Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik xizmati tomonidan tekshirishdan oʻtkazilgan. Xonadon egasi G.M. vafot etganlar bilan birga ijarada yashagan N.A. “Bunyodkor-dudboʻron xavfsizligi” kompaniyasining dudboʻronlar pechka ustasi Z.X. batafsil soʻroq qilingan.
“Shuningdek, 26 fevral kuni soat 22:00 dan 27 fevral kuni soat 09:00 oraligʻida Injobod koʻchasidagi uyga qanday kuchlanishda tabiiy gaz yuborilgani va odatiy kunda tabiiy gaz kuchlanishining miqdori haqida “Hududgazpoytaxt”dan hamda Gidrometeorologik xizmatidan shu vaqt oraligʻida boʻlgan ob-havo maʼlumotlari olindi”, — deyilgan xabarda.
Beshala yigitning hammasi is gazidan oʻtkir zaharlanish natijasidagi oʻtkir nafas va yurak qon-tomirlari yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Bu Respublika sud tibbiyot ekpertiza ilmiy-amaliy markazining 15 martdagi yakuniy xulosalari bilan tasdiqlangan.
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Hodisalar
Samarqandda is gazi toʻrt kishining umriga zomin boʻldi
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda ijaradagi uydan besh talabaning murdasi topilgani xabar qilingan edi. Ular Toshkent Axborot texnologiyalari, Singapur va “Inha” universiteti talabalari boʻlishgan. Ilk rasmiy maʼlumotlarda talabalar nomaʼlum moddadan oʻtkir zaharlanish oqibatida vafot etgani aytilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala