Siyosat

Vengriya bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi: muzokaralardan kutilayotgan natijalar

© Podrobno.uzFlag Vengrii
Flag Vengrii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Bugun Vengriya bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keladi.
TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Milliy matbuot markazida oʻtgan hafta Prezident Adminstratsiyasi rahbarining oʻrinbosari- prezident matbuot kotibi etib tayinlangan Sherzod Asadov ilk brifingni oʻtkazmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, prezidentning hafta davomidagi kun tartibi haqida doimiy brifing oʻtkazib boriladi.
Sherzod Asadovning xabar berishicha, bugun Vengriya bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keladi. Ertaga oliy darajadagi muzokalar boʻlib oʻtadi.
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2021
Siyosat
Vengriya bosh vaziri Oʻzbekistonga keladi
Muzokaralarda ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
"Muzokaralardan kutilayotgan asosiy natijalardan biri - Oʻzbekistonning Vengriya bilan munosabatlari sifat darajasidan yangi pogʻonaga, yaʼni strategik hamkorlik darajasiga chiqishidir. Vengriya Oʻzbekistonning Yevropa ittifoqidagi eng yaqin hamkorlardan biri boʻlib, mamlakatlarimiz koʻp qirrali amaliy sherikchiligini yoʻlga qoʻygan va turli darajalarda faol muloqot olib bormoqdalar. Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalar haqida gapirganda, soʻnggi 4 yilda ikki davlat oʻrtasida savdo aylanmasi deyarli 3 baravarga oshgan”, - dedi Asadov.
Uning soʻzlariga koʻra, tashrifdan asosiy maqsad tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish, turli sohalarda, jumladan qayta ishlash sanoati, qishloq va suv xoʻjaligi, farmatsevtika, turizm yoʻnalishlarida hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud. Shu bois, bugun Toshkentda ikki mamlakat ishbilarmonlari Kengashi birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Unda Vengriyaning 40 tan ziyod yirik kompaniya va moliyaviy tuzilmalarning rahbarlari qatnashib, oʻz loyihalarni Oʻzbekiston hamkorlari bilan ishlab chiqishadi.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, energetika, taʼlim, madaniyat, hududlararo hamkorlik va bandlik masalalari boʻyicha 10ga yaqin hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tashrif 31 mart kuni yakuniga yetadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala