Viktor Orban Toshkentga yetib keldi

© AP / John ThysViktor Orban
Viktor Orban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Obuna bo‘lish
Viktor Orbanni aeroportda Abdulla Aripov kutib oldi. Mehmon Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi.
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 29-mart kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda UzA.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Yuqori martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
© UzAPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban pribil v Uzbekistan
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban pribil v Uzbekistan
Qisqa suhbatdan so‘ng Vengriya delegatsiyasi poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga yo‘l oldi.
Mustaqillik maydonida mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Viktor Orbanga Mustaqillik maydonining mazmuni va bu yerda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.
© UzAViktor Orban vozlojil sveti k monumentu Nezavisimosti
Viktor Orban vozlojil sveti k monumentu Nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Viktor Orban vozlojil sveti k monumentu Nezavisimosti
Shundan so‘ng Vengriya delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.
Yangiliklar lentasi
0