Jamiyat

Aeroportlar davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruktsiya qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAeroport v gorode Buxara, Uzbekistan
Aeroport v gorode Buxara, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Ularga tegishli ishlarni bajarish uchun uch yilga qator imtiyozlar beriladi.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. “Respublika aeroportlarini boshqarish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, respublika aeroportlari davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruktsiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilinadi.
Bunda tegishli ishlarni bajarish uchun uch yilga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- xususiy sheriklar olib kiriladigan transportlar, yoʻl-qurilish texnikasi, mashinalar, mexanizmlar, uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uzellar, texnologik va loyiha hujjatlari, dasturiy taʼminot, jihozlar bojxona bojidan;
- transportlar va maxsus texnika uchun utilizatsiya yigʻimidan ozod qilinadi;
-xususiy sheriklar va aeroportlar foyda soligʻini, shu jumladan dividend toʻlashda ushlab qolinadigan foyda soligʻini belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida toʻlaydi;
- aeroportlar uchun mol-mulk soligʻining belgilangan stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Kak budet vыglyadet novыy terminal aeroporta Samarkanda - foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2019
Iqtisod
Oʻzbekiston “Novaport”ga aeroportlarni 30 yilga topshirishga qarshi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala