Dunyoda

Yevropadagi holatlardan soʻng AstraZeneca vaktsinasi oʻz nomini oʻzgartirdi

© AFP 2018
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Preparatning nomi vaktsinani olgan odamlarda xavfli asoratlar yuzaga kelgani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. COVID-19ga qarshi ingliz-shved kompaniyasining mahsuloti boʻlgan AstraZeneca vaktsinasi 25 mart kuni oʻz nomini oʻzgartirdi. Preparat Vaxzevria nomini oldi, deb xabar qilingan Yevropa dorivor vositalar boʻyicha agentligi saytida.
Shvetsiya tibbiy mahsulotlar agentligi portalida taʼkidlanishicha, bu oʻz ortidan boshqa oʻzgarishlarni olib kelmaydi, ammo vaktsinalash boʻyicha mutaxassislar nom oʻzgarganini bilishlari lozim, negaki mahsulot haqidagi maʼlumot, uning markirovkasi va qutisi boshqacha koʻrinishga ega boʻlishi mumkin.
Prezident Frantsii Emmanuel Makron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Dunyoda
Emmanuel Makron vaktsinalar tufayli yangi jahon urushi avj olganini maʼlum qildi
Preparatning nomi vaktsinani olgan odamlarda xavfli asoratlar yuzaga kelgani haqidagi xabarlar fonida yuz berdi.
Avstriyada ushbu vaktsina bilan eslangan odamda koʻpsonli tromboz holatlari diagnostika qilindi va u preparat olganining oʻninchi kunida vafot etgan. Yana bir bemor oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi bilan kasalxonaga yotqizildi.
Sal keyin shunga oʻxshash xabarlar boshqa yevropa mamlakatlaridan ham kelib tusha boshlagan.
YEIning ayrim davlatlari ehtiyotkorlik choralari sifatida ushbu preparatdan foydalanishni vaqtincha toʻxtatishga qaror qilishdi.
unyo boʻyicha tarqalgan xabarlarga qaramay, vaktsina ishlab chiqaruvchilari uning xavfsizligi va samaradorliligi haqida xabar berishgan. Uning afzalliklari va aholini himoyalashi preparat bilan bogʻliq ehtimoliy xatarlardan ancha ustun, deb taʼkidlashgan ular. Bundan tashqari, olimlar preparatning salbiy taʼsirlarini oʻrganishni davom etishmoqda, tromboz holatlari haqida maʼlumotlarni esa vaktsina haqidagi umumiy maʼlumotlarga kiritishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala