Analitika

Oʻzbekiston 2024 yilda turistlar uchun toʻliq ochilishga shay turishi kerak - ekspert

© SputnikBukhara Desert Oasis & Spa
Bukhara Desert Oasis & Spa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Ekspertning taʼkidlashicha, turizm qayta tiklanishi uchun davlatlar bugun vaktsinalashni – birinchi darajali ustuvorlik sifatida tan olishmoqda. Shuningdek, global koʻlamda turizm qayta tiklanishida yordam berishi mumkin boʻlgan instrumentlar ishlab chiqilmoqda.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Oʻzbekiston yaqin yillarda turistlar oqimini qabul qilishga toʻliq shay holatda turishi kerak, deya fikr bildirdi bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan "Mehmondoʻstlik sanoatini qayta ishga tushirish 2020/2021. Imkoniyat va istiqbollar" mavzusidagi "Hotel Business Forum - 2021" forumida onlayn qatnashgan Butujahon Turizm tashkiloti (UNWTO) mintaqaviy departamenti direktori Alessandra Priante.
Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar bermoqda.
Priante xonimning taʼkidlashicha, 2020 yilda COVID-19ning turizm sohasiga yetkazgan zarbasi qaqshatkich boʻldi. 2020 yil - turistik sektorlar va mehmonxona biznesi eng koʻp yopilgan yil sifatida muhrlandi.

“Biz hozir ham mavhum holatdamiz, noaniqliklar juda koʻp. Sababi, qachonlardir ommabop boʻlgan turistik yoʻnalishlarning aksariyati goh ochilib, goh yopilmoqda. Shu bois, turizm sohasidagi aksariyat bizneslar bugungi kunda oldinga siljish uchun raqamli yechimlardan foydalanmoqdalar” Alessandra Priante,

Butujahon Turizm tashkiloti mintaqaviy departamenti direktori

Uning aytishicha, 2019 yil bilan taqqoslaganda butun dunyoda turistik sektor 74 %ga qisqardi. Boshqacha aytganda, 100-120 millionga yaqin toʻgʻridan-toʻgʻri turistik yoʻnalishlar yopildi, putyovkalar qaytarildi. Umumiy yoʻqotishlar miqdori 1 trillion dollarni tashkil etdi.
Butujahon Turizm tashkiloti (UNWTO) mintaqaviy departamenti direktori 2024 yil oxiriga kelib butun dunyoda turizm sektori 2019 yildagi raqamlarga erishish istagida ekanini maʼlum qildi.

Bunday vaziyatda dunyoning koʻplab taraqqiy etgan mamlakatlari oʻzlarining madaniy yodgorliklari, tarixiy obidalarini konservalab qoʻydilar. Tarixiy shaharlari bilan mashhur goʻzal diyor Oʻzbekiston ham 2024 yilda turistik oqimlar uchun toʻlaligicha ochilishga tayyor boʻlishini istar edik”, - dedi oʻz chiqishi davomida Alessandra Priante.

Xalqaro ekspert turistik oqimlarni toʻliq qayta tiklash uchun UNWTO koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish maqsadida qator jiddiy instrumentlarni ishlab chiqqanini qayd etdi.
V Tashkente nachalsya Xotel biznes forum  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Iqtisod
Turizm sohasi tez orada inqirozdan chiqib ketadi – Aziz Abduhakimov
“Bu instrumentlardan Oʻzbekiston hamisha foydalanib kelgan. Chunki bu oliy sifat standartlariga mos keladi. Biz, shuningdek, Global turizm boʻyicha Inqirozga qarshi kurashish qoʻmitasini tuzganmiz. U Madridda joylashgan va har oyda barcha sherik-tashkilotlar bilan birgalikda, jumladan, Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi, Osiyo davlatlari, Lotin va Markaziy Amerika mamlakatlari yigʻilib, oldimizda turgan muammolarni muhokama qilamiz. Bugun davlatlar vaktsinalashni – birinchi darajali ustuvorlik sifatida tan olishmoqda. Biz global koʻlamda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan variantlarni ishlab chiqmoqdamiz. Shuningdek, dunyo koʻlamida turizm bilan bogʻliq bir qancha materiallarni va tavsiyalarni ham chop etdik. Bularning barchasi chegaralar ochilgandan keyin davlatlarga turistik sektorni qayta tiklashga yordam beradi”, - deya maʼlum qildi Priante.
Gorod Samarkand. Vid na ploщad Registan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.02.2021
Samarqandda turizm mavsumiga start berilmoqda
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini bartaraf etishdagi asosiy masalalar muhokamasiga bagʻishlangan “Mehmondoʻstlik sanoatini qayta ishga tushirish 2020/2021. Imkoniyat va istiqbollar” mavzusida formu boʻlib oʻtdi.
Tadbir Oʻzbekiston Otelyerlar Assotsiatsiyasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida oʻtkazilib, unda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.
Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti, mehmonxona egalari, shuningdek turoperatorlar ham ishtirok etgan ushbu onlayn tadbirda pandemiyadan eng koʻp talofot koʻrgan turizm sohasi ravnaqi yoʻlida olib borilishi mumkin boʻlgan vazifalar xususida maʼruzalar boʻldi.
Onlayn uchrashuvda, shuningdek xalqaro ekspertlar ham oʻzlarining qiziqarli maʼruzalari bilan ishtirok etib, zaruriy maslahat va takliflar berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala