Siyosat

Oʻzbekiston va Vengriya qaysi sohalarda hamkorlikni kuchaytiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPodpisaniye dokumentov o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Vengriyey
Podpisaniye dokumentov o sotrudnichestve mejdu Uzbekistanom i Vengriyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Vengriya bosh vazirining tashrif doirasida koʻp qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Viktor Orban Oʻzbekiston bilan Vengriya oʻrtasidagi strategik sheriklik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Shuningdek, Orbanning mamlakatga tashrif doirasida koʻp qirrali sheriklikni kengaytirishga qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi.
Ular Hududlararo hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim, Tashqi ishlar idoralari oʻrtasida 2021-2023 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi oʻrtasida anglashuv memorandumi, Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim, Atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashda hamkorlik toʻgʻrisida, Innovatsiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumlari, Madaniyat sohasida hamkorlik dasturi, Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va chorvachilik sohalaridagi hamkorlik rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”, Suv xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hadli bitimlardir.
Marosimda ikki mamlakat vazirlikliklari rahbarlari imzolangan hujjatlarni almashdilar.
Tashrif doirasida Oʻzbekistonda Debretsen universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim ham imzolandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev soʻnggi yillarda Vengriya bilan munosabatlar faol rivojlanib, sifat jihatidan yuqori bosqichga koʻtarilganini taʼkidladi.
Birinchi navbatda iqtisodiy hamkorlik masalalariga jiddiy eʼtibor qaratdik. Soʻnggi toʻrt yilda tovar ayirboshlashni deyarli uch barobarga oʻsgan. Bu koʻrsatkichni kelgusida bir necha barobarga oshirish niyatidamiz.
 - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
Buning uchun ikki mamlakat bozorlariga mahsulotlar yetkazib berishni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, baliqchilik, kartoshkachilik va boshqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirishga kelishib olingani aytildi.
Ikki mamlakatning barcha hududlarini faol jalb etgan holda, har yili Mintaqalar forumini oʻtkazishga qaror qilingan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Vengriya munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga koʻtarmoqchi
Bosh vazir Viktor Orban Oʻzbekiston prezidenti saʼy-harakatlari tufayli ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar jadal rivojlanayotganini qayd etdi.
Madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, taʼlim sohasida aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Fan, madaniyat va sport sohalaridagi aloqalarni faollashtirishga ham kelishib olingani maʼlum qilindi.
Oʻzbek olimi Isoq Ibrohim vengriyalik mashhur Herman Vamberining doʻsti va shogirdi boʻlgan, salkam oʻttiz yil Budapeshtda yashab, ilmiy faoliyat olib borgan. U mashhur venger yozuvchisi Yanosh Aronning “Ajoyib ohuning hikoyati” asarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ushbu asar yaqinda Mirziyoyevning soʻzboshisi bilan Toshkentda nashr etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podaril Viktoru Orbanu knigu "Legenda o prekrasnoy olenitse" vengerskogo poeta Yanosha Aranya, perevedennuyu na uzbekskiy yazыk
Shavkat Mirziyoyev podaril Viktoru Orbanu knigu Legenda o prekrasnoy olenitse vengerskogo poeta Yanosha Aranya, perevedennuyu na uzbekskiy yazыk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Shavkat Mirziyoyev podaril Viktoru Orbanu knigu "Legenda o prekrasnoy olenitse" vengerskogo poeta Yanosha Aranya, perevedennuyu na uzbekskiy yazыk
Prezident oʻzbek va venger xalqlari oʻrtasidagi tarixiy doʻstlikning yorqin ifodasi boʻlgan ushbu kitobni Vengriya bosh vaziri Orbanga taqdim etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala