Rossiya

Peskov: Putin AQShning Rossiya bilan kuch yoʻli gaplashishiga yoʻl qoʻymaydi

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov "
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Kreml AQShning Rossiya bilan kuch yoʻli bilan gaplashish qoʻlidan kelmasligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻzi bilan kuch yoʻli gaplashishiga yoʻq qoʻymaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Argumentы i faktы” gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Hech kim Amerikaning Rossiya bilan kuch yoʻli bilan gaplashishiga yoʻl qoʻymaydi. Buning iloji yoʻq. Amerikaliklar hozir, duo singari, takrorlashmoqda, emishki, biz hamma bilan kuch yoʻli bilan gaplashamiz. Na Putin, na Rossiya rahbariyatining boshqa biri kim boʻlishidan qatʼi nazar biz bilan bunday gaplashishlariga yoʻl qoʻymaydi. Bunday boʻlishi mumkin emas”, - dedi Peskov.
Shu bilan birga u Moskva qarama-qarshiliklarga qaramasdan Vashington bilan muloqotni davom ettirishni muhim deb hisoblashishini taʼkidladi. Peskov misol tariqasida Vladimir Putinning Amerika yetakchisi Jo Baydenning yaqinda nodiplomatik ravishda gapirgan soʻzlariga boʻlgan munosabatini keltirdi. Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya hukumati goʻyoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini maʼlum qilgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob bergandi.
Rossiya-AQSH munosabatlari inqiroz yoqasida
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.03.2021
Video
Rossiya-AQSH munosabatlari inqiroz yoqasida
Putin bunga javoban unga sogʻlik-salomatlik tiladi va “boshqa kishilarga baho berish – oynaga qarash bilan barobar ekanini” qayd etdi. Qolaversa, Rossiya prezidenti Baydenga munozarani jonli efirda davom ettirishni taklif qilib, suhbatni paysalga solmaslikka chaqirdi.
Peskov Putin bildirgan munosabatning muddaosi amerikaliklar tomonidan javobsiz qoldirilgan suhbat tashabbusi ekanini bildirdi.
“Nuqtai nazarimizdan, hozir asosiysi munosabatlarga yanada jarlikka qulashiga imkon bermaslik. Ular shundoq ham juda koʻp zarar koʻrgan, ularni biror yoʻl bilan davolash darkor. Shu bois gaplashishni boshlash lozim”, - deb hisoblaydi Kreml vakili.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2021
Rossiya
AQShning Rossiya bilan hisoblashishiga toʻgʻri keladi – Putin
Rossiya-Amerika munosabatlari anʼanaviy ravishda keskin xususiyatga ega. 2014 yilda ular Ukrainadagi davlat toʻntarilishi va Qrimning qaytarilishidan soʻng taranglashdi. 2016 yilda AQSH prezidenti saylovlaridan keyin Vashington Moskvani aralashganlikda aybladi. Rossiya barcha ayblovlarni rad etib keladi, lekin amerikaliklar muntazam Rossiya fuqarolari, kompaniyalari va iqtisodiy sektorlariga qarshi sanktsiya qoʻllab keladi. Yangi keskinlashuv Baydenning OAVga bergan bayonotidan soʻng boshlandi, Moskva Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonovni maslahatlashish uchun chaqirtirib oldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala