Peskov Putinning asosiy xobbisini aytdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Vladimir Putin bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishni yoqtirishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘qish Rossiya prezidenti Vladimir Putinning asosiy xobbisidir. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Asosan bu tarixiy adabiyot, yodnomalar”, - deya aniqlik kiritdi u.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin ham Kreml, ham Novo-Ogarevoga keltiriladigan gazetalardan yozib oladi. Bundan tashqari, gazetalar hamisha uning samolyotida bo‘ladi. Shuning uchun Rossiya rahbari biror joyga parvoz qilayotganda ham ularni o‘qib turadi.
Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Putin nemis hamda va ingliz tilidagi telekanallarni tomosha qilishini aytdi.
Prezident RF V. Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2021
Putin nega COVID-19ga qarshi kamera qarshisida emlanmaganini tushuntirdi
“Har kun emas, lekin haftada bir necha marta ingliz tili bilan albatta shug‘ullanadi. Bu qisqa mashg‘ulotlar, biroq muntazamdir”, - deydi Peskov.
Yangiliklar lentasi
0