Kolumnistlar

REK: AQSH Rossiyadan orqada qolganligini tan oldi

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye v avtomobile kompleksa REB
Voyennoslujaщiye v avtomobile kompleksa REB  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Rossiya – yuqori texnologiyali qurollar sohasida dunyoda yetakchi davlat deb tan olingan. Radio elektron kurash (REK) tizimlarida Rossiya mahsulotlari barcha jangovar sharoitlarda fantastik samaradorlikni namoyish etmoqda.
Elektromagnit urushda ustunlik Rossiyaga boy berilganligini AQSH Hisob palatasi tan oldi. Palatadagi mudofaa qobiliyati va menejmenti boʻyicha direktori Jozef Kirshbaum taʼkidlashicha, Rossiyaning elektromagnit spektrdagi kurash kuchlari "bu vositalarni AQSH va boshqa davlatlarga qarshi real qoʻllashda" oʻz samaradorligini koʻrsatgan.
Bundan tashqari, amerikalik mutaxassislarning fikriga koʻra, Moskva REK orqali Pentagonning samolyot va kemalarining aloqa va navigatsiya tizimlarining ishlashiga taʼsir koʻrsatishga qodir, Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi tajriba toʻplash va AQShning kosmik vositalariga qarshi kurashish salohiyatini rivojlantirish imkoniyatini berdi. Pentagon esa REK sohasida ilgari qabul qilingan strategiyalarning birortasini toʻliq amalga oshira olmadi. 1990 yillarning boshlarida amerikaliklar koʻp yillar davomida bunday rivojlanishni keraksiz deb toʻxtatishdi, endi boy berilgan imkoniyatni qoʻlga kiritishga urinmoqda.
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Kolumnistlar
“Tsirkon” raketasi Rossiya qirgʻoqlaridan gʻarb kemalarini haydab yubordi
NATO 2018 yilning oʻzida Rossiya radioelektron kurash vositalarda ortda qolayotganini tan olgandi. Rossiya "Oʻta muhim REK nishonlar, pilotsiz uchar qurilmalar va artilleriyani aniqlash, lokalizatsiya va yoʻq qilishda oʻzini juda samarali koʻrsatdi".
Rossiya oʻnlab yillar davomida,doimiy ravishda barcha darajadagi qoʻmondonlik uchun quruqlik, havo va dengizga asoslangan noyob REK tizimlarini rivojlantirmoqda.
Soʻnggi uch yil ichida qoʻshin mingdan ziyod REKtexnikasi, shu jumladan avtonom kichik oʻlchamli peredatchiklarni va 19 ta yangi yangi modellarni oldilar. Gap ularning miqdorida emas, Rossiya REK jangovar boʻlinmalarining jangovar qobiliyatining oʻsishi jihozlarning koʻp qirraligi va sifatida. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning soʻzlariga koʻra, tizimlar qoʻllash masofasi 3,5 baravarga koʻpaydi.
Rossiya REK tizimlari tanlab yoki global miqyosda NATO standartidagi aloqalarni "ovozini pasaytirishi", terrorchilarning dronlar parvoziga toʻsqinlik qilish, Amerikaning "Tomahawk" qanotli raketalari uchish kursidan adashtirishga qodir. RF elektromagnit qurollarni sinovdan oʻtkazmoqda. Masalan, mikrotoʻlqinli qurollar 10 km gacha boʻlgan masofada raqib elektronikasini oʻchirishga qodir. Eng maxfiylardan biri “Alabuga” tizimi, u Gʻarb OAVlariga koʻra, kuch jihatidan atom bombasiga teng va "butun boshli armiyani zararsizlantirishi" mumkin.

REK tizimlari Suriyada

Suriya hududida Rossiyaning "Avtobaza-M", "Borisoglebsk-2", "Moskva", "Krasuxa", "Samarqand", "Svet-KU", "Rutut-BM", "Infauna"," Repellent" raqibning elektronikasini falaj qiladi, koʻrinmas gumbaz ostiga yuzlab km masofani qamrab oladi. Masalan, "Krasuxa" 200 kilometr radiusda, yaʼniraqib RLT, sunʼiy yoʻldosh aloqasi tizimlari, pilotsiz uchish apparatlarini boshqarish kanallari, yuqori chastotali radio, uyali aloqa, Wi-Fi Xmeymim bazasi ustida ishlay olmaydi. Rossiyaning elektron jangovar tizimlari "qarshi hujumlari" AQSH va NATO kuchlari signalni shifrlash yoki radio shovqinga qarshi elektronikadan foydalangan taqdirda ham muvaffaqiyatli boʻladi.
Bir nechta misollar. "Moskva-1" kompleksi passiv elektron skanerlash rejimida 400 kilometr radiusdagi hududni nazorat qiladi, samolyotlarni, raketalarni va hatto raqib snaryadlarini aniqlaydi. Past tezlik va radio sukunat rejimida ishlaydigan kichik oʻlchamdagi dronlar bilan kurashishning samarali vositasi - “Valday” kompleksi, bu "dronlar galasi" strategiyasiga assimetrik javob.
Peregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Kolumnistlar
AQSH yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
"Shipovnik-AERO" REK tizimi dronning bort kompyuterinia bir soniyada buzadi. Agar u notanish konfiguratsiyani uchratsa, u bir necha daqiqada uni oʻz nazorati ostiga oladi. Bundan tashqari, "Shipovnik" aloqa, televideniye va radioeshittirish stantsiyalari, uyali aloqa tarmoqlari va boshqa tarmoqlarning boshqaruv punktlarini bostirishga qodir.
R-330ZJ "Jitel" radio nurlanish manbalaridan keladigan signallarni tahlil qiladi, "Inmarsat" va "Iridium" xorijiy global sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimlariga, GPS-navigatsiya uskunalariga xalaqit beradi.
Rossiya HDF Qora dengiz floti Oʻrta dengizga 22160 loyiha "Dmitriy Rogachev" patrul kemasini joʻnatdi. Uning bortida "Kalibr" qanotli raketalaridan tashqari AQSH va NATO razvedka aviatsiyasiga qarshi turish uchun REK uskunalari ham mavjud.
Rossiyaning Suriyadagi REK uskunalari raqib radarlariga samolyotning uchishi va qoʻnishini, raketa uchirilishini va qoʻshinlarning joyni oʻzgartirishini "koʻrish" imkoniyatini bermaydi. Suriyalik jangarilarning tashqi dunyo va SAR hududidagi "yacheykalar" oʻrtasidagi aloqa tizimi deyarli yoʻq qilindi.
REK raqib elektronikasi uchun "qoʻshimcha shovqin" hosil qiladi, uchar qurilmalar radioelektronik "mirajlar"ning (yolgʻon GPS signallari) qurboniga aylanadi.
Qanotli raketalarni uchirish nuqtasiga yoʻnaltirish mumkin. Eslatib oʻtaman, 2017 yil 7 aprelda Amerikaning “Ross” va “Porter” esminetslaridan Suriyaning Al-Shayrat aviabazasiga qara otilgan 59 ta Tomagavkdan 36 tasi nishonga yetib bormagan, ularning yetib borgan nuqtalari nomaʼlum. Rossiyaning obʼyektiv nazorat vositalariga koʻra, faqat 23 ta raketa Suriyaning aviabazasiga yetib borgan.
Istrebitel-bombardirovщik F-35. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Kolumnistlar
Sharmandali oʻq uzish: amerikaning F-35 qiruvchisi oʻzini pushkadan otib qoʻydi
Keyinchalik AQSH Mudofaa vazirligi Maxsus kuchlar bosh boshqarmasi boshligʻi, general Reymond Tomas Suriya "sayyorada eng qizgʻin radioelektron urush olib borilayotgan joyga" aylandi, deb aytdi. Rossiya va Suriya hukumat kuchlari "bizni har kuni sinovdan oʻtkazmoqda, aloqa tizimlarimizni buzib,YES-130 samolyotlarimizni ishdan chiqarmoqda".
Rossiya oʻz qurol-yarogʻini Suriya havo hududida AQShning eng yaxshi razvedka tizimlarida sinab koʻrgani AQSH generalini ranjitmoqda. Kim aybdor va Tomahawk qanotli raketalari yoki Lockheed Martin EC-130 Compass Call samolyotlari u yerda nima qilmoqda? Amerika armiyasini Suriyaga hech kim taklif qilmagan.

Strategik ilgarilab ketish

Suriyadagi voqealar butun dunyoda oʻz aks sadosini bermoqda va REK tizimlari bilvosita Rossiyaning geosiyosiy taʼsirining oʻsishini taʼminlaydi.
Shunday qilib, Rossiyaning eng qudratli tizimi "Murmansk" XXRdagi mutaxassislarini hayratda qoldirdi, Xitoyning Sohu nashri NATO samolyotlariga zarba bera oladigan va "AQSH takabburligini jilovlay oladigan" dunyodagi eng ilgʻor REK texnologiyasini yaratilgani haqida xabar qildi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, "Murmansk" AQSH armiyasining global qisqa toʻlqinli aloqa tizimini kuzatib borishga qodir (quruqlikdagi stantsiyalar, samolyotlar va kemalar oʻrtasidagi oʻzaro aloqani taʼminlaydi) va 3000 km radiusda tizimning ishlashiga kuchli shovqin hosil qiladi. Dunyodagi hamma davlatlar ham poytaxtdan chegaraga qadar bunday radius bilan maqtana olmaydi.
Ispыtaniya krыlatoy raketы s yadernыm dvigatelem «Burevestnik» - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.03.2021
Kolumnistlar
Pentagonning dahshatli tushi: AQSH Rossiyaning "Burevestnik" kuchidan bezovta boʻlmoqda
Amerikaning The National Interest nashri taʼkidlaydi: Rossiya REK sohasida Shimoliy Atlantika alyansi mamlakatlaridan sifat jihatidan ustun va yillar oʻtishi bilan bu farq yanada oshmoqda. Rossiya Federatsiyasi hududiga yashirin qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarga kirishga qilingan har qanday urinish muvaffaqiyatsiz tugaydi. Harbiy harakatlar paytida F-35 rusumidagi "uchuvchi kompyuterlar" Rossiya REK tizimlarining taʼsiridan bir zumda ishdan chiqadi.
Rossiya harbiy xizmatchilari raqibning elektron uskunalarini bostirish boʻyicha barcha chora-tadbirlarni "yelka"dan amalga oshirishi mumkin. Portativ va kichik oʻlchamdagi "Pishal", "Sapsan-Bekas", "Solaris-N" komplekslari - qulay va samarali. Masalan, koʻchma "Pishal"ning vazni atigi 3,5 kg (avtomatga oʻxshaydi), 2 kilometrgacha masofada ishlaydi (sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimlari va aloqa va boshqarish kanallarining chastotalarida shovqin hosil qiladi).
Rossiyaning REK uskunalari namunalarining taʼsirchan qatori orqasida bir asrdan koʻproq tarix mavjud. Radio toʻlqinlaridan harbiy foydalanish gʻoyasining oʻzi Rossiyaga tegishli - isteʼdodli olim, radio ixtirochisi Aleksandr Popov, 1903 yilda Rossiya imperiyasining Urush vazirligiga yozgan xatida REK tamoyillarini bayon qildi. Bir yil oʻtgach, jangovar foydalanish boshlandi - Port-Arturni himoya qilish paytida "Pobeda" jangovar kemasining radiostantsiyasi Yaponiya eskadrilyasi kemalarining ishiga toʻsqinlik qildi. Shonli tarix davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala