Iqtisod

Turizm sohasi tez orada inqirozdan chiqib ketadi – Aziz Abduhakimov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Tashkente nachalsya "Xotel biznes forum"
V Tashkente nachalsya Xotel biznes forum  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Oʻzbekiston hukumati turizm va mehmonxona sohalari qoʻllab quvvatlashda davom etmoqda. Pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun turizm sohasiga Hukumat tomonidan qator imtiyozlar berildi.
TOSHKENT, 30 mar – Sputnik. Oʻzbekiston turizm sohasi tez orada inqirozdan chiqib ketadi, dedi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A.Abduhakimov Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Hotel Business Forum - 2021” tadbiri doirasida.
Biz tez orada inqiroz davridan chiqib ketamiz va turizm sohasini Sizlar bilan birgalikda yana bir bor mamlakatimiz iqtisodiyotining ilgʻor sohalaridan biriga aylantiramiz va Men bunga ishonaman!, - dedi Abduhakimov.
Abduhaqimov aytishiga qaraganda COVID-19 pandemiyasi oqibatida jahon iqtisodida turizm sohasi eng koʻp zarar koʻrgan sohalardan biri boʻldi. 2020 yilda turizm va mehmondoʻstlik bozori 72%ga qisqardi va 120 millionga yaqin ish joyi yoʻqotilishi xavf ostida.
Oʻzbekiston hukumati turizm va mehmonxona sohalari qoʻllab quvvatlashda davom etmoqda. Pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun turizm sohasiga Hukumat tomonidan qator imtiyozlar berildi. Xususan:
2021 yilning 1-choragi davomida 110 ta joylashtirish vositasiga Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 2,6 milliard soʻm mablagʻ subsidiya qilingan.
Davlat byudjetidan yangi mehmonxona tashkil qilgan 8 nafar investorga 21,3 mlrd. soʻm subsidiya ajratildi.
Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan mezonlar asosida 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar yaʼni 191 ta joylashtirish vositasiga jami 14,5 mlrd.soʻm maqsadli foizsiz ssuda ajratilishi taʼminlandi.
1750 ta tadbirkorlik subektiga mol-mulk,yer va ijtimoiy soliqlar boʻyicha qariyb 60 milliard soʻm miqdorida imtiyozlar berildi;
aviakompaniyalarda xarajatlarning bir qismi ichki reyslar uchun aviachipta umumiy narxining 25 foizi miqdorida qoplandi;
turoperatorlar va turagentlar Oʻzbekiston fuqarolari uchun uyushtiriladigan sayohatlar uchun chiptalar va poyezd chiptalarining narxi 15% miqdorida;
mehmonxonalar, yulduzlar soni, xonalar sonidan va mablagʻining umumiy aylanmasidan qatʼi nazar, umumiy aylanmaning 10 foizigacha qaytarilmoqda;
Turoperator orqali sotib olingan mehmonxonalar xizmatlari ham 10 foizlik chegirma bilan taʼminlanadi.
Ushbu subsidiyalar mamlakatdagi mehmonxona sanoatining barqaror va uzluksiz oʻsishini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, yil davomida u oʻzining samaradorligini isbotladi.
Undan tashqari Oʻzbekiston Hukumati tomonidan turistlar uchun “Uzbekistan Safe Travel GUARANTEED” - Yaʼni Oʻzbekistonda xavfsiz sayohat kafolatlangan dasturini ishga tushirgan. Unda Oʻzbekistonda kelayotgan har bir mehmonga sayohat xivfsiz oʻtishi kafolatlanadi va mehmon koronavirus yuqtirib olgan taqdirda 3000 dollar kompensatsiya toʻlanadi. Buning uchuyen maxsus jamgʻarma tashkil qilinib zahira pullab jamlab qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala