Dunyoda

Turkiyada dam olish kunlari yana komendantlik soati kiritiladi

© Sputnik / Aleksey KudenkoStambul
Stambul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Turkiyada koronavirusga qarshi kurashish maqsadida karantin choralari kuchaytiriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Erdogʻan hukumat yigʻilishidan soʻng maʼlum qildi.
Koronavirusdan oʻlimlar soni oshayotgani mavjud xavfsizlik choralarini qayta koʻrib chiqishimizga majbur qildi. 58 ta hudud yana yuqori xavf hududlariga aylandi. Ularda shanba va yakshanba kunlari komendantlik soati joriy etiladi. Ish kunlarida soat 21:00 dan 05:00 gacha amal qilayotgan komendantlik soati oʻz kuchida qoladi.
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Rajab Erdogʻan
Turkiya prezidenti
Yuqori xavf hududlariga Istanbul, Anqara, Antaliya va Izmir ham kiradi.
Komendantlik soati paytida kafe va restoranlar mijozlarni qabul qilmaydi va faqat taomlarni yetkazib berish ishlaydi. Qolgan payt ular sigʻimiga qarab restoranni mijozlarning 50 foizi bilan toʻldirishlari kerak.
Bundan tashqari, Ramazon oyida ommaviy saharlik va iftorliklar oʻtkazish taqiqlanadi.
Karantin v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Dunyoda
Qozogʻiston “qizil” hududga kirdi
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 3,2 milliondan oshgan. 31 mingdan ziyod kishi pandemiya qurboni boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala