Xusnullin: Rossiya qurilishidagi ishchi yetishmasligi migrantlar qaytgandan keyin ham saqlanadi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya pravitelstva RF Marat Xusnullin
Zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Marat Xusnullin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya qurilish maydonlaridagi ishchi kuchi yetishmasligi hatto migrantlarning qaytishidan keyin ham saqlanib qoladi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qildi.
“Bizda qurilish-montaj ishlari hajmi o‘sishi mehnat resurslariga qaraganda ancha yuqoridir. Biz ildam o‘smoqdamiz, ish hajmlarini qo‘shapmiz, biroq bizga odamlar juda-juda yetishmaydi”, - dedi u.
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
Rossiya qurilish maydonlarida qancha ishchilar yetishmayapti?
Hukumat vakili hatto agar Rossiya chegaralarini ochsa va ilgari mamlakatda ishlagan xorijliklar qaytsa ham, qurilishlarda baribir mehnat migrantlari yetishmasligini ta’kidladi.
Yana bir omil, bu rossiyaliklarning qurilish sohasidagi ishlarda taklif qilinayotgan oylikka ishlashni istamasligidir.
Yangiliklar lentasi
0