Buxoroda besh yulduzli “Hyatt Regency” mehmonxonasi ochiladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishGostinichniy kompleks Hyatt Regency Ekaterinburg
Gostinichniy kompleks Hyatt Regency Ekaterinburg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
Hyatt International kompaniyasi bilan shartnoma imzolash marosimi 31-mart kuniga belgilangan.
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Buxoroda besh yulduzli “Hyatt Regency” mehmonxonasi ochiladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 30-mart kuni AQShning “Valor Hospitality Partners” kompaniyasi Boshqaruv raisi Euan Mc Glashan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashgan.
Uchrashuvda tomonlar “Valor Hospitality Partners” kompaniyasining O‘zbekistonda boshqaruv ofisini tashkil etish va Buxoro shahrida “Hyatt Regency” brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kelishib olishdi. 31-mart kuni Toshkentda Metric Ventures (MJ Group kompaniyasi) va Hyatt International bilan shartnoma imzolash marosimi bo‘lib tadi, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari “Valor Hospitality Partners” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda Hyatt, Accor, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi brend mehmonxonalar tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi kadrlar tayyorlovchi ta’lim maskanini ochish bo‘yicha taklif berilgan.
Ma’lumot uchun: “Valor Hospitality” kompaniyasi Hyatt, Accor, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi mehmonxona brendlari boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya bo‘lib, hozirga qadar komopaniya tomonidan dunyo bo‘ylab 60 000 xonadan iborat bo‘lgan 150 ta mehmonxona boshqaruvi yo‘lga qo‘yilgan. Kompaniya Buyuk Britaniya, Tayland, Janubiy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z boshqaruv ofislariga ega.
Yangiliklar lentasi
0