Iqtisod

Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi

© REUTERS / Russell BoyceV brokerskoy kompanii v Londonskom finansovom tsentre Keneri-Uorf
V brokerskoy kompanii v Londonskom finansovom tsentre Keneri-Uorf - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Maqsadli koʻrsatkichlar doirasida:davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Hukumat qarori bilan 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.
Maqsadli koʻrsatkichlar doirasida:
davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi:
davlat ishtirokidagi kamida 20 ta korxona aktsiyalari birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif etiladi;
davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil aʼzolar soni 2025 yilga qadar 30 foizgacha yetkaziladi.
2021 yil 1 iyuldan:
- davlat ishtirokidagi korxonalarda kuzatuv kengashi, ichki audit xizmati, kuzatuv kengashi tarkibida audit qoʻmitasi tashkil etiladi;
- aktsiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varagʻiga (listingga) kiritilgan va davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan aktsiyadorlik jamiyatlarida “muvofiqlik tizimi” (komplayens) xizmati tashkil etiladi.
2022 yil 1 yanvardan:
- strategik sohalarga oid ayrim aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (oltin aktsiya) bekor qilinadi;
-ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashi aʼzolari vakolatlari 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi;
- davlat ulushi boʻyicha davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlarni tanlov asosida aniqlash amaliyoti bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, Strategiyaga koʻra, davlat ishtirokidagi korxonalar rahbarligi va ijro etuvchi organ aʼzoligiga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish, davlat xizmatchilarining bir vaqtning oʻzida davlat ishtirokidagi korxonalar ijro etuvchi organi rahbari (aʼzosi) lavozimlarini egallashi amaliyotlari bekor qilinadi.
Ijro etuvchi organ rahbari va aʼzolari javobgarligi boʻyicha sugʻurta qilish mexanizmi joriy qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala