Kolumnistlar

Ikki quyonni quvib: AQSH oʻz omborlarini Rossiya nefti bilan toʻldirib olmoqda

© Sputnik / StringerTanker Mexanik Chebotarev
Tanker Mexanik Chebotarev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
AQSH nega boshqalarga Rossiya bilan ishlashnni taʼqiqlab, oʻzi esa omborlarini Rossiya neftiga toʻldirib olmoqda?
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Moskva bilan munosabatlar yomonlashib, “Shimoliy oqim-2” tufayli Yevropaga bosim kuchayib borayotgan bir vaqtda, Amerika Rossiyadan sotib olinayotgan neft hajmini keskin oshirdi.
Xoʻsh, AQSH nega boshqalarni Rossiya bilan ishlashdan cheklab, lukin oʻzi omborlarini Rossiya neftiga toʻldirib olmoqda?

Import oshirildi

Oʻtgan yilda AQShga Rossiyadan neft importi 3,5 foizga oshib, soʻnggi 9 yilda kuzatilgan koʻrsatchiqlarning maksimal nuqtasiga yetdi, deb xabar qildi AQSH energetika vazirligi. Ayni damda esa Rossiya AQShga neft yetkazib beruvchi ikkinchi davlatga aylandi. Saudiya Arabistoni esa bozorda muvozanatni saqlash uchun eksport hajmini keskin kamaytirgan.
2020 yilda AQSH Rossiyadan sutkasiga oʻrtacha 538 birrel neft oldi. Saudiya Arabistonidan esa – 522 ming barrel. Neftni asosan Valero (55 mln barrel) va Exxon (50 mln barrel) kabi eng yirik xaridorlar sotib olgan.

Boshqa oladigan joy yoʻq

Rossiya va Amerika neftni qayta ishlash zavodlari Donald Tramp tufayli Venesuela neftidan mahrum boʻlganidan soʻng 2019 yildan boshlab Petroleos de Venezuela S. A. Kompaniyasi tomonidan yetkazib berilayotgan neft mahsulotlari zanjiri uzilib qolgan edi.
Prezident SSHA Donald Tramp i naslednыy prints Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2020
Analitika
Rossiya, OPEK + AQSH - neft bozorida yangi kelishuv boʻladimi?
Ayniqsa Meksika boʻgʻozida joylashgan neftni qayta ishlash zavodlari eng ogʻir ahvolga tushib qolishdi. Ular orasida Citgo Petroleum, Valero Energy va Chevron zavodlari bor.
Amerika Rossiyadan neft xom-ashyosini emas benzin ishlab chiqarishda kerak boʻladigan mazut sotib oladi.
“Venesuela neftidan mahrum boʻlib, OPEK tomonidan xom-ashyo narxini qimmatlashtirishga duch kelgan AQSH, Rossiya mazutining asosiy xaridoriga aylandi”, - deydi Adi Imsirovich, Oksford energetika izlanshlari instituti ilmiy xodimi.
OPEK tomonidan neft qazib olish hajmini qisqartirish - vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Statistik maʼlmuotlarga koʻra, hozir Sudiya Arabistoni AQShga 1985 yildan buyon eng kam miqdorda neft yetkazib bermoqda. Bunday vaziyatda Rossiya mazuti Amerika neft zavodlarini ish bilan taʼminlab turibdi.

Clanets nefti mojarosi

Slanets nefti sohasi pandemiya oqibatidan ham jiddiy zarar koʻrdi. Oldin AQShda 13 million barrel neft qazib olinsa, hozir – 11 mln.ga tushib qolgan.
Dobыcha slantsevoy nefti v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2020
Analitika
Pulsiz qolishdi: slanets neftiga investitsiyalar minimumgacha quladi
Energiya tashuvchilarga boʻlgan talab keskin kamayib ketishi oqibatida, ularga talab keskin kamaydi va kompaniyalar ishni toʻxtatishga majbur boʻlishdi. 150ga yaqin slanets nefti ishlab chiqaruvchilari bankrotlikka uchradi.
Birinchi navbatda bular pandemiyadan oldin ham qarzlari koʻp boʻlgan korxonalar boʻldi. Uoll—strit 2018 yilda slenets nefti ishlab chiqaruvchilariga qiziqishni yoʻqotgan edi. Sarmoyadorlar fikriga koʻra ushbu loyihalar foyda keltirmaydi va aksariyat loyihalar oʻzini oqlamaydi.
2020 yilda Xalqaro energetika agentlariga koʻra, pandemiya tufayli ularning miqdori 2 baravar kamaydi - do 45 mln. dollar.
EIA xulosasiga koʻra, mart oyida slanets qazib olish dunyoda sutkasiga 7,5 b mlnyu baller boʻlishi kutilmoqda. Dunyodagi mavjud neft qazib olish maydonlarining 7tadan 6 qismida ana shunday vaziyat - Anadarko, Bakken, Nayobrara, Igl-Ford, Berman, Geynsvill va Appalachi.
Fitch prognoziga koʻra, slanets nefti sohasida hali 1-3 yil davomida talab qisqarishda davom etadi. Ishlab chiqaruvchilar xarajatlarni optimallashtirish va sarmoyalarni qaytarib olishni oshirish haqida oʻylamoqda. Slanets sohasi hali yana 2-3 yil davomida oldingi holatlariga qaytmaydi.

Gʻalati holat

Shunday qilib AQSH, kulguli holatga tushib qolgan: AQShning davlat energetika kursi Rossiyaga qarshi qaratilgan boʻlsa-da, Rossiya neftiga qaramligi kun sayin ortib bormoqda, deb yozadi Bloomberg.
Burovaya ustanovka v mestorojdenii slantsevogo gaza v shtate Pensilvaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2020
Analitika
"Ulkan azob-uqubatlar": Slanets sanoati erkin qulashda
Bir tomondan Vashington, oʻz gazini sotish maqsadida jonu-jahdi bilan Yevropani “Shimoliy oqim-2”dan voz kechishga undamoqda. Ikkinchi tomondan esa – Amerika neftni qayta ishlash zavodlari Rossiya neftini har qachongidan koʻproq sotib olmoqda.
Texas shtatidagi Beytaun neft zavodlari yaqinida turgan neft tankerlari tashqi koʻrinishidan Xyuston kanali boʻylab suzayotgan boshqa oʻnlab tankerlar bilan bir xil boʻlsa-da, bir katta farqi bor: ularning tryumlarida Rossiya nefti saqlanmoqda, - deydi tahliliy agentlik.
Rossiya AQShga neft yetkazib beruvchi yangi davlatga aylanish yoʻli, Kremlning muvaffaqiyatli bozor uquvi va Vashingtonning qarama-qarshi siyosatini oʻz foydasiga aylantirish qobiliyati bilan qurilgan, - deb xulosa qiladi Bloomberg.
Vaholanki, bir vaqtlar esa Tramp AQSH energetik yuksak davlatga aylangani va boshqa dushman davlatlarga muhtoj emasligi bilan maqtangan edi, - deydi Xyustondagi Beyker istituti tahlilchisi Mark Finli.
Vashingtonning oʻzi ushbu vaziyatga hech qanday izoh berayotgani yoʻq. Lekin Rossiyadan neft importi miqdori oshib borayotgani AQShning energetik mustaqilligi amalga oshmaganidan yaqqol darak beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala