Kolumnistlar

Nima uchun Rossiya va Oʻzbekiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishMejdunarodnыe rossiysko-indiyskiye ucheniya "Indra - 2017"
Mejdunarodnыe rossiysko-indiyskiye ucheniya Indra - 2017 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Oʻzbekiston va Rossiyaning harbiy sohasidagi hamkorligi - mintaqaviy barqarorlikni saqlashning eng muhim omili, bu AQSH va uning ittifoqchilaridan iborat boʻlgan harbiy guruhning magʻlubiyati va Afgʻonistondan chiqib ketishi fonida yanada aniq namoyon boʻlmoqda.
Moskva-Toshkent harbiy hamkorligining rivojlanish dinamikasi postsovet hududida xavfsizlik va barqarorlik koʻp jihatdan Rossiya bilan integratsiyaga bogʻliqligini isbotlamoqda. Ikki davlat oliy harbiy rahbariyati oʻrtasida ikki tomonlama muzokaralar muntazam ravishda olib borilmoqda va oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan eng muhim yoʻnalishlarini aniqlashga imkon bermoqda.
29 mart kuni Moskvada Oʻzbekiston va Rossiya Bosh shtablari rahbarlari Shuhrat Holmuhammedov va Valeriy Gerasimov uchrashuv oʻtkazishdi. Harbiy boshliqlar ikki tomonlama hamkorlik natijalarini tahlil qilib, kelgusidagi harakatlar istiqbollarini belgilab olishdi. Shu oʻrinda Valeriy Gerasimov RF Mudofaa vazirligida Oʻzbekistonni Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik sherigi deb bilishini taʼkidladi. Shuhrat Holmuhammedov esa Rossiya harbiy sohada Oʻzbekistonning asosiy ittifoqchisi va milliy qurolli kuchlari uchun eng yirik qurol yetkazib beruvchisi ekanligini aytdi.
Sovmestnыe rossiysko-uzbekskiye ucheniya na poligone Forish - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Siyosat
Holmuhammedov: Rossiya harbiy sohada Oʻzbekistonning asosiy ittifoqdoshidir
Global Firepower harbiy qudrat global reytingida Oʻzbekiston 140 ta davlatdan munosib 51-oʻrinda va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchi oʻrinni egallamoqda. Toshkentning mudofaa sohasidagi yutuqlari koʻp jihatdan Moskva bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik tufayli erishildi, Rossiya Oʻzbekiston armiyasi uchun mutaxassislar tayyorlashga koʻmaklashmoqda va Rossiya ichki narxlarida qurol-yarogʻ yetkazib bermoqda. Oʻzbekiston - bunday imtiyozga ega boʻlgan KXSHT (ODKB) zonasi va Bojxona ittifoqidan tashqaridagi yagona MDH davlati hisoblanadi.
Toshkent qanday qurol-yarogʻlarni afzal koʻrmoqda – bu zarba aviatsiyasi, havo hujumidan mudofaa tizimlari, quruqlikdagi qoʻshin uchun zirhli transport vositalari. Oʻzbekiston armiyasi 12 ta amaldagi shartnomalar asosida Su-30SM qiruvchilari (Rossiya davlati eksport krediti hisobidan), Mi-35M hujum vertolyotlari, BTR-82A zirhli transportyorlari va zamonaviy “Sopka-2” radiolokatsion tizimlarini qabul qilmoqda.
Oʻzbekiston harbiy byudjeti yalpi ichki mahsulotning 4 foiziga yetadi va yaqin oʻn yillikda Rossiya Oʻzbekiston uchun eng muhim qurol yetkazib beruvchi boʻlib qolaveradi. RF Mudofaa vazirligi oliygohlarida 300 nafardan ortiq oʻzbekistonlik harbiy xizmatchi tahsil olmoqda.

Afgʻonistondagi vaziyat

Rossiya Markaziy Osiyoda ishonchli xavfsizlik tizimini shakllantirishdan gʻoyat manfaatdor va koʻp narsalarni begʻarazlik bilan qilmoqda. Amerikaliklar mintaqani faqat oʻz ehtiyojlari va loyihalari uchun, MDH davlatlari manfaatlarini hisobga olmasdan "moslashtirishga" harakat qilmoqda.
Oʻzbekiston xavfsizligi uchun asosiy muammo - qoʻshni Afgʻonistondagi vaziyat, u yerda "hammaning hammaga qarshi urushi" davom etmoqda, “Tolibon” esa shimoliy chegara hududlarini oʻz nazorati ostiga olmoqda. Afgʻonistonlararo tinchlik muzokaralari -shunchaki konstruktiv jarayon emas, Pentagon va NATO qoʻshinlarining "chekinishi" uchun rasmiy bahona. Mamlakatdan qoʻshin olib chiqish jadvali va muzokaralar jadvali bajarilmayapti. Bularning barchasi - AQShning 20 yillik harbiy operatsiyalarning mahsuli.
Voyennoslujaщiye v avtomobile kompleksa REB  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Kolumnistlar
REK: AQSH Rossiyadan orqada qolganligini tan oldi
Afgʻoniston prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Hamdulla Mohib chet el kuchlari barvaqt chiqib ketgan taqdirda fuqarolar urushining yangi bosqichi xavfi haqida ogohlantirdi. “Tolibon” aprel oyi oxirigacha xorijiy qoʻshin chiqib ketmasa, ularga qarshi hujumlarni qayta boshlashga tayyorligini eʼlon qildi. AQSH Afgʻonistondan faqat Ittifoq kuchlari (NATO) bilan birga chiqib ketishni vaʼda qilmoqda, Germaniya parlamenti esa 26 martda Afgʻonistondagi Bundesver missiyasining 2022 yil 31 yanvargacha uzaytirilishini maʼqulladi. Chap qoʻl oʻng qoʻl nima qilayotganini bilmayapti, shekilli.
Ayni paytda "toliblar"ning Afgʻonistonida "Islom davlati"* terrorchilik tashkilotining taʼsiri kuchayib bormoqda, avvalroq unga tajovuzkor "Oʻzbekiston islom harakati"* jangarilari qasamyod qilishgan. Mintaqada afgʻon narkotrafigi kamaymayapti. Narkotik savdogarlarining yillik daromadi taxminan 30 milliard dollarni tashkil etadi. Mablagʻlarning muhim qismi terrorizm va diniy ekstremizmni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatda Toshkent va Moskva oʻrtasida hamkorlik aniq zarur.

Ikki tomonlama munosabatlarning asoslari

Oʻzbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov mart oyi boshida prezident Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga ikkinchi davlat tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalasini muhokama qildilar. Tashrif doirasida 30 dan ortiq hujjat, shu jumladan ikki davlat oʻrtasida har tomonlama va strategik sherikchilik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolash rejalashtirilgan. Birinchi navbatda – kun tartibida iqtisodiyot, ammo harbiy va siyosiy masalalar ham oʻrin olgan.
Repetitsiya parada ko Dnyu VMF v gorodax Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2021
Kolumnistlar
“Tsirkon” raketasi Rossiya qirgʻoqlaridan gʻarb kemalarini haydab yubordi
Yaqindan oʻzaro hamkorlikning tiklanishi Oʻzbekiston uchun ham, Rossiya uchun ham foydali, 2020 yil yakunlari boʻyicha RF respublikaning asosiy savdo sheriklari orasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirishdan, Rossiya yordamida milliy mudofaa sanoati majmuasini shakllantirishdan manfaatdor (dastlab, respublikada Rossiya qurollarini litsenziyali bilan ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi mumkin).
Oʻzbekiston KXSHTga ikki marta aʼzo boʻlib kirgan va ikki marta - 1999 va 2012 yillarda blokdan chiqib ketgan, garchi tashkilotni yaratish tashabbusi dastlab Toshkentdan chiqqan edi. Respublikaning KXSHTga "uchinchi kelishi" hali kutilmayapti, shunga qaramay, eski doʻst ikki yangi doʻstdan yaxshiroqdir.
Oʻzbekistonning Rossiya bilan harbiy-siyosiy yaqinlashuvi 2017 yilda faollashdi (2016 yilda "Harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida" bitim imzolangandan soʻng). 2018 yil oktyabr oyida Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa vazirlari Toshkentda havo hududidan oʻzaro foydalanish toʻgʻrisida bitim imzoladilar. Qoʻshinlarning qoʻshma manevrlari qayta tiklandi. Tarixiy taqdirlarning irodasi bilan ikki davlat doimiy harbiy va harbiy-texnik hamkorlik olib boradi.
* RF va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot
kuch nimada? - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2021
Infografika
Harbiy kuch nimadan iborat?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala