Kolumnistlar

Osiyo yuragi: “Shifo topish” uchun Afgʻonistonga nima lozim

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon (sprava) i prezident Afganistana Muxammad Ashraf Gani
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon (sprava) i prezident Afganistana Muxammad Ashraf Gani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Rossiya hukumati huzuridagi Moliya universiteti siyosatshunoslik boʻlimi dotsenti Gevorg Mirzayan “Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining toʻqqizinchi vazirlar konferentsiyasi haqida fikr bildirdi.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Dushanbedagi Afgʻoniston boʻyicha katta konferentsiyada afgʻon bemorini fuqaroviy mojaro va xarobalikdan chiqarib olish zarurligi haqida gapiruvchi koʻplab “doktorlar” yigʻildi. Muammo shundaki, ayrim mutaxassislarning nafaqat turli, balki bir-birini inkor etuvchi retseptlari bor edi.
“Osiyo yuragi – Istanbul jarayoni” muloqotining toʻqqizinchi vazirlar konferentsiyasi 29-30 mart kunlari yarim virtual shaklda boʻlib oʻtdi. Unda oʻtgan yili 18 mart kuni Moskvada boʻlib oʻtgan Afgʻoniston boʻyicha konferentsiyaga qaraganda koʻproq mamlakatlar qatnashdi. Rossiyaning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zamir Kabulovning tushuntirishicha, Rossiya poytaxtida Afgʻonistonda janjallashayotgan barcha tomonlarga taʼsir oʻtkazishga ega mamlakatlar (Rossiya, AQSH, Xitoy, Pokiston) yigʻilgan boʻlsa, Dushanbeda esa Afgʻoniston vaziyati ularga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir oʻtkazuvchi, uni hal etishda qatnashishga hozir boʻlganlar uchrashgan.
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Siyosat
Kamilov Dushanbedagi konferentsiyada ishtirok etadi
Konferentsiya tashkilotchisi, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon toʻgʻri aytdi: “Afgʻonistondagi inqiroz – umumiy muammo”. Qator qoʻshni davlatlar aholisi (Tojikiston, Pokiston va boshqalar) afgʻon aholisi bilan umumiy madaniyat, eʼtiqod, baʼzan til va qon bilan bogʻliq boʻlgani uchungina emas. Shunchaki Afgʻoniston, eslatib oʻtamiz, haqiqatdan Osiyo markazi (yuragida) joylashgan, shu bois uning salomatligi haqiqatdan koʻp mamlakatlarning Osiyo organizmi ishi holatiga bogʻliqdir.
Rossiya, Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Tojikiston hamda qaror tashqi oʻyinchilar va xalqaro tashkilotlar bu tashabbusning ishtirokchilaridir.
“Yurakni davolash” tamoyili umuman olganda tushunarli – Amerika qoʻshinlarini olib chiqish va “Tolibon”* ishtirokida ittifoq asosida hukumatni shakllantirish. Masala shunda ediki, uni amalda qanday amalga oshirish zarur?

Joy muqaddas

Olib chiqib ketish bilan hammasi oson emas. Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda Dohada toliblar bilan tuzilgan bitim shartlariga koʻra AQSH 1 mayga qadar Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishi shart. Ha, AQSH prezidenti Jo Bayden taʼkidlaydiki, “texnik sabablarga koʻra” uning muddatlariga rioya etish mushkul. Ha, davlat kotibi Entoni Blinken hozir majmal 1 mayga qadar olib chiqish boʻlmasligi ham mumkinligini aytmoqda. Shuningdek, NATO boʻyicha ittifoqdoshlari bilan kelishib olish zarurligini gapiryapti. Ammo hamma hozirga aynan shu sanani hisobga olmoqda.
Keyin nima boʻladi? Qay tarzda, qaysi shart-sharoitlarda yangi afgʻon hukumati shakllanadi va faoliyat yuritadi? Bu masalada mamlakatlar oʻrtasida allaqachon muayyan kelishmovchilik kuzatilmoqda.
Xoʻsh, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Afgʻonistonga oid har qanday sulh bitimi afgʻon xalqining oʻz taqdirini belgilash huquqini kafolatlashi shartligini taʼkidladi. Hindiston ham shunga oʻxshash pozitsiya tarafdori boʻlib tuyuladi. Bu mamlakatning Rossiyadagi elchisi Venkatesh Varmaning soʻzlariga koʻra, respublika “afgʻonlar rahbarligi ostidagi tez va inklyuziv yarashish barcha urinishlari, afgʻonlar nazorati osti va afgʻonlar ishtirokidagi barcha urinishlarni” olqishlaydi va qoʻllab-quvvatlaydi. Ammo holat yuzasidan Eron va Hindiston bu asosiy fikrga turli tushunchalarni kiritadi. Eronliklar amerikaliklar ishtirokisiz afgʻonlar “oʻz taqdirini belgilashlari” shartligini koʻzda tutayotgan boʻlsa, Nyu-Dehli afgʻon siyosati Pokistonnning minimal ishtiroki yoki umuman usiz boʻlishini xohlaydi.
Pogranichniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.03.2021
Afgʻoniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda
Islomobod esa amerikaliklardan farqli oʻlaroq Afgʻonistondan ketmoqchi emas – u bu mamlakatni, masalan, Pokistonga hududiy daʼvo (Dyuranda** deb ataluvchi chiziq boʻylab) bildirmaydigan oʻzining ishonchli, barqaror sirt tomoniga aylantirmoqchi. Buning uchun esa pokistonliklar ichki afgʻon ishlariga Hindiston taʼsirini kamaytirishi zarur. Afgʻonistondagi turli loyihalarga 3 milliard dollar ajratgan Hindiston esa, Venkatesh Varmaning soʻzlariga koʻra, u yerdan ketishni oʻylamayapti.

Oʻzaro yon berish va oliyjanoblik

Dushanbedagi uchrashuv mana shundan kelishmovchiliklar muhokama qilinadigan va u yerda oʻzaro yon berish yoʻllari izlanadigan maydon boʻldi. Barchaga ayonki, agar u topilmasa, yirik davlatlar Afgʻonistondan oʻzlarining ikki tomonlama mojarolari yoʻlida foydalashni davom ettiradi. Yaʼni Eron, Pokiston, Xitoy, Oʻrta Osiyo mamlakatlari (va bilvosita ular orqali esa Rossiyaga qarshi) qarshi. Qoʻshma Shtatlarning yoʻl-yoʻlakay oʻyin qoidalarini oʻzgartirish va zimmasiga olgan majburiyatlardan boʻyin tovlar qobiliyatiga yetarlicha baho bermaslik yaramaydi.
Biroq shu bilan bilan siyosiy oʻzaro yon berishdan tashqari Afgʻoniston bilan qoʻshni davlatlar oʻzaro iqtisodiy til topishlari darkorligini ham unutmaslik zarur. Yaʼni nafaqat sarmoya kiritish, balki baʼzan begʻaraz afgʻon xalqini boqish va u yerda iqtisodiyotni tiklash. Buni, masalan, Moskva qilmoqda.
“Rossiya Afgʻonistonga manzilli insonparvarlik qoʻlini choʻzdi... 2020 yil noyabr-dekabrida 300 tonnadan ziyod oziq-ovqat joʻnatildi. Biz bu yordamni davom ettiramiz”, - dedi Sergey Lavrov.
Anatoliy Sidorov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.02.2021
Rossiya
ODKB shtab boshligʻi Afgʻonistondan kelayotgan tahdidlarni sanab oʻtdi
Afgʻon xalqiga qashshoqlik bilan kurashishda yordam berib va biror bir holatda aholining tinch hayotini taʼminlash, va oxir-oqibat, u yerdagi yoshlar uchun maktablar bunyod etib, qoʻshni mamlakatlar oʻz xavfsizligiga sarmoya kiritadi. Keyin yangi afgʻon radikal yoshlaridan chiqayotgan tahdidlardan himoyalanish uchun yuz millionlar sarflash oʻrniga taʼlim muassasalari va ish joylarini yaratish kabi bu oliyjanob ishlarga bir necha million dollar kiritish osonroq-ku axir.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
** Afgʻoniston va Britaniya Hindistoni oʻrtasida XIX asrda belgilangan chegara
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala