Jamiyat

Oʻzbekiston masjidlarida Ramazon oyi va tarovih namozlariga tayyorgarlik boshlandi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa obщiy vid
mechet Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa obщiy vid - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Koronavirus bilan bogʻliq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Oʻzbekistondagi masjidlarda Ramazon oyi va tarovih namozlariga tayyorgarlik boshlandi. Bu haqda Musulmonlar idorasi xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, masjidlarda taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning 10 aprel, shanba kuni “Ozodalik kuni” oʻtkaziladi.
Koronavirus bilan bogʻliq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi.
Ramadan v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Dunyoda
Qirgʻizistonda Ramazon oyi boshlanishining taxminiy sanasi aytildi
Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda boʻlish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini oʻlchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.
Masjidlarda elektr, gaz va yongʻin xavfsizligi hamda namoz oʻqiladigan joylar muhofazasiga katta eʼtibor qaratiladi. Texnik jihozlarning sozligi koʻrikdan oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala