Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Oʻzbekistonda endi ommaviy tartibsizlikka daʼvat qilganlar 10 yilgacha qamalishi mumkin

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik va Jinoyat kodekslariga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
Jinoyat kodeksining 244-moddasi birinchi va ikkinchi qismi quyidagicha toʻldirilmoqda:
Ommaviy tartibsizlikka va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga ommaviy daʼvat qilish – BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Agar ushbu xatti-harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki ommaviy axborot vositalaridan, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan, internet jahon axborot tarmogʻidan, shuningdek, matnni nashr etish yoki boshqa shaklda koʻpaytirish turlaridan foydalangan holda ommaviy daʼvat qilinsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 201-1-modda bilan toʻldirildi.
Unga koʻra, Oʻzbekistonning qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek, matnni koʻpaytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida daʼvat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (14 mln 700 ming soʻmdan 19 mln 600 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tyurma. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.03.2021
Jamiyat
Senat ommaviy tartibsizlikka daʼvat uchun jinoiy javobgarlik joriy etishni maʼqulladi
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari Oʻzbekistonda ommaviy tartibsizlikka daʼvat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqqan edi. Senat oʻn uchinchi yalpi majlisida ushbu qonunni maʼqullagan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala