O‘zgidromet aholini 1-2 aprel kunlaridagi sovuq ob-havo haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPark "Golubie kupola" v Tashkente
Park Golubie kupola v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib kelmoqda. 1-2 aprel kunlari respublika bo‘yicha havo harorati pasayadi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. 1-2 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Shuning uchun 1-2 aprel kunlari respublika bo‘yicha havo harorati pasayishi kutilmoqda.
1 aprel kuni kechasi 0-5° iliq, kunduz kuni 5-10° iliq bo‘ladi. 2-aprel kuni kechasi 0-2° iliq, ba’zi joylarda havoda va tuproqda 1-3° sovuqgacha bo‘lishi mumkin, kunduz kuni 12-17° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0