Jamiyat

Prezidentni Internetda haqoratlagan yoki unga tuhmat qilganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishZaklyuchennыy
Zaklyuchennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Oʻzbekiston prezidentini Internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish uchun javobgarlik belgilandi. Bunday shaxslar 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentni Internetda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish uchun javobgarlik belgilandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, prezidentni telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet butunjahon axborot tarmogʻidan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda endi ommaviy tartibsizlikka daʼvat qilganlar 10 yilgacha qamalishi mumkin
Ilgari prezidentni omma oldida haqoratlash yoki unga tuhmat qilish, shuningdek, mazkur jinoyatni matbuot yoki boshqa OAVdan foydalangan holda sodir etganlik uchun javobgarlik mavjud edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala